Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari örinbosari Azimjon Yusupov özi tahsil olgan 12-sonli maktabga kitob sovğa qildi
Kitob – tuganmas xazina. Undan olgan bilimlarni umrimizning oxirigaça ham sarflay olmaymiz. Insonning undan yaqin hamrohi, dösti, maslahatçisi yöq. Negaki, u aqlni peşlovçi qayroqdir. Kitob tafakkur manbai bölgani uçun ham xalqimiz uni nonday aziz, muqaddas deb eʼzozlab, qadriga yetadi, sevib mutolaa qiladi.
Bugungi kunda mamlakatimzda yoş avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqaraşini yuksaltirişda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyğusi bilan yaşaydigan barkamol şaxsni tarbiyalaşda beqiyos ahamiyatga ega bölgan kitobxonlik madaniyatini oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Yaqinda tumanimizdagi 12-sonli umumtaʼlim maktabiga tuman xalq taʼlimi bölmi mudiri O.Yöldoşev va Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari örinbosari A.Yusupovlar taşrif buyurişdi.
Mehmonlar Prezidentmiz tomonidan ilgari surilgan “5 ta muhim taşabbus” loyihasi maktabda yuqori darajada taşkil etilgani, öquvçi-yoşlarning turli körik-tanlovlarda faxrli örinlarni egallaganligini va maktab öquvçilarining böş vaqtlari mazmunli taşkil etilganligini körib, buni alohida eʼtirof etişdi.
12-sonli maktabning faxriy ustozlaridan biri Şavkat Çarşamov taşabbusi bilan taşkil qilingan milliy anʼanalarimiz va maktab tarixiga oid maktab muzeyi mehmonlarda yaxşi taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida maktabda kitoblar yaramarkasi taşlkil etildi. Bu öqituvçilar va öquvçilar uçun juda quvonçli böldi. Öquvçilar ota-onalari bilan birgalikda qiziqarli kitoblar, badiiy adabiyotlar, fanga oid kitoblar xarid qilişdi. Azimjon Yusupov öz hisobidan maktab kutubxonasiga 100 ta nomdagi turli adabiy-badiiy kitoblar sovğa qildi.
Taşrif davomida pedogogik jamoaning iş faoliyati, 5 ta taşabbus loyihasi borasida qilingan işlar, maktab öquvçilari va öqituvçilari yutuqlari bilan tanişildi. Öqituvçi-murabbiylar bilan suhbatlaşib, ularga zarur metodik tavsiyalar berildi. Suhbat mobaynida Azimjon Yusupov özi tahsil olgan maktab jamoasiga maşaqqatli va şarafli kasblarida kuç-ğayrat yor bölişini tilab, ustoz-murabbiylariga öz minnatdorçiligini bildirdi.
Iroda Edoşeva, jamoatçi muxbir.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶