22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:18
Fan va taʼlim 👁 631

IShChI GURUH TUMANIMIZ MAKTABLARIDAGI OʻQUV-TARBIYa AHVOLI BILAN TANIShMOQDA, METODIK YoRDAM BERMOQDA

IShChI GURUH TUMANIMIZ MAKTABLARIDAGI OʻQUV-TARBIYa  AHVOLI BILAN TANIShMOQDA, METODIK YoRDAM BERMOQDA

Muhtaram Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev shu yil 23-avgustda xalq taʼlimi sohasini rivojlantirish, oʻqituvchi mavqeini va jamiyatdagi nufuzini oshirish yuzasidan oʻtkazgan  videoselektor yigʻilishida taʼlim tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish qilish boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligiga  bir qancha vazifalar topshirgan edi.

Ushbu vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida respublika ishchi guruhi tuzilib, ular maktablardagi taʼlim-tarbiya ahvoli, oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlanishi, pedagoglarning  kasbiy mahorati va bilimi, oʻquv muassasalarining qurilib foydalanishga topshirilishi, taʼlim jarayonlarida hokimlar va sektorlar rahbarlarining masʼuliyati kabi taʼlim jarayoniga taʼsir koʻrsatuvchi bir qancha faktorlar boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazmoqdalar.

Ishchi guruh tarkibida Oʻzbekiston, Qoraqalpogʻiston Respublikalari Xalq taʼlimi vazirliklari masʼul xodimlari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, professor oʻqituvchilari bor. Ular respublikamizning shahar va tumanlaridagi  maktablarda  18-noyabrdan 30-noyabrgacha “Butun kuchni  xalq ichidan olaylik, quchoq ochib maktablarga boraylik” shiori ostida oʻtkazayotgan oʻrganishlari jarayonida  Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining “Mahorat darslari”, shuningdek “Hokim soati”, “Vazir soati” va boshqa sohalar vakillari bilan uchrashuvlar ham tashkil etiladi, pedagog kasbi nufuzini oshirish boʻyicha oʻqituvchilarni moddiy-maʼnaviy ragʻbatlantirish va 5 tashabbus boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar koʻrib chiqiladi va maktablardagi oʻquv-tarbiya jarayonlari sifatini oshirish maqsadida metodik yordam koʻrsatiladi.

Ishchi guruh aʼzolari - Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi raisi oʻrinbosari A.Yusupov, Oʻzbekiston Respublikasi davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori M.Mambetov, Xalq taʼlimi vazirligi metodisti X.Xalqnazarovlar tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri O.Yoʻldoshev hamrohligida 56-sonli va 31-sonli maktablarda boʻlishib, taʼlim sifatini oshirish, oʻqituvchining kasb mahoratini oshirishdagi asosiy vazifalari borasida muassasalar pedagogika jamoalariga metodik yordam berdilar. 76-sonli maktabda esa oʻqituvchilar nufuzini oshirish boʻyicha jamoada olib borilayotgan ijobiy ishlarni tahlil qilish, taʼlim sifatini oshirish boʻyicha oʻqituvchilarning takliflarini oʻrganishga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.

Shuningdek, 12-sonli maktabda maʼnaviya-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi va koʻchma kitob savdosi tashkil etilib, maktabga kitoblar toʻplami sovgʻa qilindi. Tadbirda faxriy oʻqituvchilar ham ishtirok etdilar.

Ishchi guruh aʼzolari 85-sonli maktab oʻqituvchilar jamoasiga dars jarayonida multimediya vositalaridan samarali foydalanish, oʻquvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, oʻqituvchi mahoratini yuksaltirishdagi muhim vositalar xususida metodik yordam berdilar.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali oʻqituvchilari R.Reymova, R.Yernazarova va Xalq taʼlimi vazirligi metodisti F.Xalqnazarovlar 31-sonli maktab 11-sinf oʻquvchilari uchun biologiya fanidan “Mahorat darsi” oʻtishib, 16-sonli maktab oʻqituvchilariga dars jarayonida turli metodlardan foydalanib, oʻquvchilar bilimini baholash borasida metodik yordam berdilar. 40-sonli maktabda oʻtkazilgan “Sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda shaxsiy gigiyena” mavzusidagi davra suhbati jonli muloqot tarzida qiziqarli oʻtdi. 76-sonli maktab jamoasiga biologiya fanini oʻqitish boʻyicha metodik yordam berildi.

Ishchi guruhning taʼlim muassasalari faoliyatini oʻrganish jarayonidagi koʻrsatayotgan metodik yordamlari, tavsiyalari taʼlimdagi islohotlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Oygul Rajabova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026