“KITOBXONLIK BAYRAMI” BÖLIB ÖTDI
Maʼlumki, mamlakatimizda kitobxonlikka katta eʼtibor berilmoqda. Bilimdon kitobxonlar qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanmoqda. Çunki kitob bilan oşno bölgan insonlarning maʼnaviy boyligi oşadi, dunyoqaraşi, fikrlaş qobiliyati kengayadi, ularning qalbida ezgulik uyğonadi. Bir neça yildirki, yoşlarni kitobxonlikka jalb qiliş dolzarb mavzu bölib kelmoqda. Şu maqsadda “Kitobxonlik bayrami” tadbiri ötkazilmoqda.
Tumanimizdagi 69-sonli maktabda ham “Kitobxonlik bayrami” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi. Tadbirning maqsadi kitobxonlikni tarğib qiliş orqali öquvçilarning maʼnaviy dunyosini boyitiş, ularda mustaqil va tanqidiy fikrlaş könikma va malakalarini şakllantiriş, maʼnaviy tahdidlargan nisbatan soğlom immunitetni rivojlantiriş edi.
Tadbirda 4-11-sinflar öquvçilari iştirok qilişdi. Har bir sinf bitta asarni tanlab olib, uşbu asarni sahnalaştirişdi va özlari tanlagan asar muallifi hayoti va ijodi haqida ham qisqaça maʼlumot berişdi. Maktab öquvçilarining tayyorlagan raqs va qöşiqlari tadbirning yanada qiziqarli bölib ötişiga asos böldi.
Uşbu tadbirga maktab kutubxonaçisining taşabbusi bilan “Bir farzandga – uç kitob” aktsiyasi ham qöşilib, ota-onalar ham jalb etildi. Kitob savdosi taşkil etilib, ota-onalar farzandlarining qiziqişlariga qarab, kitoblar olib berişdi.
Tadbir söngida faol iştirok etgan öquvçilar maktab maʼmuriyati tomonidan Faxriy yorliqlar va sovğalar bilan taqdirlandi. Bu öquvçilarning kitobga bölgan qiziqişini oşirişga taʼsirini körsatmay qolmaydi.
Tadbirni maktab maʼnaviyat va maʼrifat işlari böyiça direktor örinbosari, maktab kutubxonaçisi, ona-tili va adabiyot fani öqituvçilari, sinf rahbarlari hamkorlikda tayyorlaşdi.
Yulduzxon Saidmuradova,
69-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶