Maktab kutubxonasida “Kitob – komillik manbai” mavzusida tadbir ötkazildi
Muhtaram Prezidentimiz belgilab bergan 5 ta muhim taşabbusdan asosiy maqsad – kelajagimiz egalari bölgan yoşlarni bilimdon, iqtidorli, yetuk insonlar qilib tarbiyalaşdir. Yoşlarni köproq kitob öqişga jalb etiş, qiziqişlari asosida kasb yoki hunarga yönaltiriş, isteʼdodlarini yuzaga çiqariş juda muhim hisoblanadi.
Bu borada bizning 1-sonli maktabimizda barça imkoniyatlar mavjud, şart-şaroit yaratilgan. Beş taşabbusning törtinçisi – yoşlar maʼnaviyatini yuklsatiriş, ular örtasida kitobxonlikni keng tarğib qilişdir. Öquvçilarni badiiy adabiyotga qiziqtiriş maqsadida maktabda mutolaa tögaraklari faoliyati yölga qöyilgan, turli tabdirlar, kitoblar körgazmasi taşkillaştirilib boriladi.
Maktabimizda “Kitob – komillik manbai” mavzusida tadbir bölib ötdi. Tadbirni maktab kutubxonaçisi Tursunoy Karimboyeva maktab öquvçilari bilan birgalikda tayyorladi. Maktabning 5-,7-,8-sinf öquvçilari tadbirda juda faol iştirok etdilar. Kitobxon va ilğor öquvçilardan Dilnura Fayzullayeva va Asaloy Abdullayevalar boşlovçilik qilib, davrani çiroyli olib borişdi. Öquvçilar kitobning inson hayotidagi örni, ahamiyati haqidagi hikmatli sözlarni, şeʼrlarni ifodali ijro etdilar. Kitobxonlik va uning hayotdagi muhim örni haqida tayyorlagan sahna körinişini ham namoyiş qilişdi.
Men barça yoşlarni kitob öqişga, kitobga mehr qöyişga çorlab qolaman. Zero, inson uçun kitobdan yaxşi, sadoqatli döst yöq. Kitob – inson uçun komillik manbaidir.
Dildora Qöçqorova, 1-sonli maktabning
qoraqalpoq tili fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶