FAN OYLIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR ÖQUVÇILARNING RUS TILIGA BÖLGAN QIZIQIŞLARINI OŞIRDI
Til bilgan - el biladi, deydi xalqimiz. Ayniqsa bugungidek globallaşuv jarayoni keçayotgan davrda bir neçta tillarni mukammal biliş juda muhim. Bu har bir odamga turli xalqlar vakillari bilan muomala qila oliş, adabiyoti, madaniyati bilan tanişiş imkoniyatini beradi. Badiiy, ilmiy adabiyotlarni yozilgan tilda öqiganga ne yetsin!
Mamlakatimizning umumiy örta taʼlim maktablarida şuning uçun ham rus, ingliz va boşqada xorijiy tillarni öquvçilarga örgatişga eʼtibor kun sayin kuçaymoqda. Tillarni, barça fanlarni öquvçilarning puxta özlaştirişlariga erişiş-
da umumtaʼlim muassasalarida taʼlim jarayoniga tatbiq etilgan fan oyliklarining örni juda muhim.
Fan oyliklari muassasalardagi taʼlim - tarbiya jarayonining sifatini yaxşilaşga, fan öqituvçilarining pedagogik mahorati oşişiga, ularning ijodiy izlanişlari va mehnatini röyobga çiqarişga xizmat qilişi bilan juda ahamiyatlidir. Şuningdek, öquvçilarga biror fanni çuqur örgatişga yönaltirilib, ularning mazkur fandan olgan bilimlarini namoyiş etişlariga ham imkoniyat yaratadi.
60-sonli umumiy örta taʼlim maktabida noyabr oyida rus tili fan oyligi doirasida ötkazilgan tadbirlar ham öquvçilar uçun ğoyat qiziqarli va maroqli böldi. Avvalo 11-sinf mavjud bölgan muassasada oylikni namunali taşkil etiş böyiça reja işlab çiqilib,uşbu reja asosida har bir tadbir belgilangan muddatlarda ötkazilişiga erişildi.Öquvçilarga bu borada maʼlumotlar berildi va iqtidorini sinovdan ötkazişlariga yaratilayotgan imkoniyatdan foydalaniş lozimligi tuşuntirildi. Şuning uçun ham oylik davomida ötkazilgan oçiq darslar öquvçilar uçun ham, ularning ota - onalari uçun ham qiziqarli böldi. Turli mavzularda ötkazilgan viktorinalarda,”Rus tili bilimdoni” tanlovida öquvçilar faol qatnaşib, ğoliblik uçun intilişdi. Oylik oxirida rus tili fani böyiça daftarini eng ozoda saqlagan, eng çiroyli yozgan, eng köp şeʼr yod olgan, dars maşğulotlarini eng yaxşi özlaştirgan öquvçilar rağbatlantirildi. Eng yakuniy maʼnaviy- maʼrifiy tadbir – “ Biz rus tili bilimdoni bölamiz” deb nomlandi. Tadbirda öquvçilar rus tili adabiyoti darsligidagi ertaklar qahramonlari rasmlarini çiziş, rus xalqi laparlaridan aytiş, raqslarini ijro etiş, sahna körinişlar namoyiş etiş böyiça özaro bellaşdilar.
Tadbirga öquvçilarning jiddiy tayyorgarlik körişgani, har birining ğoliblik uçun intilgani meni juda quvontirdi. Bolalar bilan ularning qobiliyatlarini rivojlantiriş uçun darsdan taşqari şuğullanişim ham zarur ekanligini anglab yetdim,- deydi rus tili fani öqituvçisi Tozagul Safarniyozova.
Bellaşuvda öquvçilar bilimi va iqtidorini tadbirda qatnaşgan sinflar rahbarlari baholab borişdi. Hakamlar hayʼatining ğoliblarni eʼlon qilib, taqdirlaşi öquvçilarga ham, öqituvçilarga ham eng hayajonli lahzalarni hadya etdi.

Rus tili fan oyligining yakunlovçi tadbiri maktabning rus tili fani öqituvçisi Tozagul Safarniyozova, maktab direktori örinbosarlari Dösimbat Bozorboyev, Bötaköz Xudoyberberganovalar hamkorligida tayyorlandi. Fan oyligi doirasida amalga oşirilgan çora - tadbirlar öquvçilarning mazkur fanga qiziqişlarini oşirdi, yanada qunt bilan öqib- örganiş uçun intilişga ruhlantirdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶