QORAQALPOQ TILI FAN OYLIGI YaXŞI NATIJALAR BILAN YaKUNLANDI
Amudaryo tumanidagi 16-sonli maktabida Qoraqalpoq tili fanini öqitişga doimo katta eʼtibor beriladi.
Joriy yilning noyabr oyi “Qoraqalpoq tili fan oyligi” deb eʼlon qilinişi munosabati bilan maktabda öquvçilarga qoraqalpoq tilini mukammal örgatişga yönaltirilgan harakatlar yanada kuçaytirildi.
Fan oyligi davomida maktab öquvçilari örtasida qoraqalpoq tilida “Ona tilim – jonu dilim” mavzusidagi inşolar tanlovi, Qoraqalpoq ertaklari böyiça rasmlar tanlovi va “Kimning xati çiroyli” mavzusida xusnixatlar tanlovi ötkazildi.
Joriy yilning 30-noyabr kuni maktabda qoraqalpoq tili fani öqituvçisi Nasiba Xudoyberganova 8-sinfda oçiq dars ötkazib, öquvçilarga qoraqalpoq tilini örgatişdagi öz mahoratini namoyiş qildi. Uşbu oçiq darsda iştirok etgan öqituvçilar Nasiba Xudoyberganovaning öquvçilarga qoraqalpoq tilini örgatişdagi uslubiga va mahoratiga katta baho berişdi.
1-dekabr - Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan şu yilning 30-noyabr kuni maktabda “Ona tilim – oltin xazinam” mavzusida badiiy keça ötkazildi. Uşbu tadbirda maktabning 5-,6- va 8-sinflari öquvçilari qoraqalpoq tilida şeʼrlar aytişib, qöşiqlar ijro etişdi, qoraqalpoq kuylariga raqsga tuşişdi hamda qoraqalpoq ertaklari asosida sahna körinişlarini namoyiş etişdi.
Şu kuni maktabning 5-,6- va 8-sinflarida qoraqalpoq tili fani öqituvçilari Nasiba Xudoyberganova, Latifa Jumaniyozova va Sanobar Xalillayevalar tomonidan namunaviy darslar taşkil etilib, ularda öquvçilarga qoraqalpoq tilini örgatişdagi yangi uslublardan keng foydalanildi.
1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan maktabda ötkazilgan tadbirlarni tayyorlaşda maktabning fidoyi va jonkuyar öqituvçilaridan Nigora Ismoilova, Sabohat Ermonova, Gulasal Xolniyozova va Qunduz Ibodullayevalar jonbozlik körsatişdi.
16-sonli ixtisoslaşgan davlat umumtaʼlim maktabida Qoraqalpoq tili fan oyligi yaxşi natijalar bilan yakunlandi.
Maktabda taʼlim mazmunini takomillaştiriş, fanlarni öqitişda yuqori samaradorlikka erişişni taʼminlaş maqsadida fan oyliklarini ötkazişda öqituvçilar mahoratidan va ilğor pedagogik texnologiyalardan keng foydalanişga eʼtibor yanada kuçaytirilmoqda.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶