Saylovga tayyorgarlik işlari sifatli tarzda yakuniga yetkazildi
Yurtimizda joriy yilgi saylovlarga tayyorgarlik yangi qabul qilingan Saylov kodeksiga muvofiq uyuşqoqlik bilan olib borildi. Xususan, tuman va şaharlar hokimliklari taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan saylov uçastkalari tuzildi. Saylovçilarga imkon qadar köproq qulaylik yaratiş maqsadida saylov uçastkalarini tuzişda hududlarning çegaralari inobatga olindi. Bajarilgan amaliy işlar natijasida Amudaryo tumanida ham barça saylov uçastkalari saylovga tayyor holatga keltirildi. Xususan, Xitoy ovuli hududidagi 85-sonli umumtaʼlim maktabi binosida joylaşgan 110-saylov uçastkasida ham uşbu muhim siyosiy jarayonni ötkaziş uçun zarur şaroitlar yaratildi.
Maʼlumot örnida aytiş kerakki, 110-saylov uçastkasida 15 nafar aʼzodan iborat uçastka saylov komissiyasi tuzilgan. Saylovçilarning yagona elektron röyxatida körsatilgan 2 ming 320 nafar saylovçi uyma-uy yurib xatlov natijasida aniqlanib, mazkur röyxat saylovçilar tanişib çiqişi uçun axborot devoriga ilib qöyildi. Uçastka hududida birinçi marta ovoz beruvçilar 97 nafar, nogironligi bölgan saylovçilar 4 nafar va közi ojizlar 3 nafarni taşkil etadi.
Saylov kuni öz yaşaş joyida böliş imkoniyatiga ega bölmagan saylovçilarning muddatidan oldin ovoz berişi uçun töliq şaroit yaratilgan. Saylovçilardan 3 nafari mazkur imkoniyatdan foydalanib, muddatidan oldin ovoz beriş orqali öz konstitutsiyaviy huquqlarini röyobga çiqardi.
Saylov jarayonini yuqori saviyada ötkaziş uçun uçastka joylaşgan bino, yaʼni 85-sonli maktab hududi obodonlaştirildi, yoritiş çiroqlar, saylov uçastkasi joyini aniqlovçi körsatgiçlar hamda saylovga çorlovçi peşlavha va plakatlar örnatildi.
Maktab binosi va xonalari qişgi mavsumga puxta tayyorlangan bölib, issiq va şinam. Binoga keluvçi yöl va yölakçalar töliq asfaltlangan. Favqulodda holatlardan muxofaza çoralari körilgan.
Saylov ötkaziş xonasi, uçastka saylov komissiyasi va komissiya raisi xonalari, birinçi tibbiy yordam körsatiş xonasi Saylov kodeksi hamda Nizomga muvofiq talab darajasida jihozlangan. Ayni paytda deputatlikka nomzodlar töğrisidagi maʼlumotlar axborot taxtasida yoritilgan.
Hududdagi barça saylovçilar taklifnoma orqali saylov kuni, vaqti, saylov uçastkasining manzili, murojaat uçun telefon raqami, muddatidan oldin ovoz beriş vaqti va tartibi töğrisida xabardor qilindi.
Bir söz bilan aytganda, mazkur uçastka ham saylov kunida saylovçilar öz konstitutsiyaviy huquqlarini röyobga çiqarib, özlari saylagan nomzodga ovoz berişlari uçun barça şaroitlarga ega.
***

Amudaryo tumani Namuna mahallasidagi 52-sonli umumiy örta taʼlim maktabida joylaşgan 111-saylov uçastkasida ham saylovga tayyorgarlik işlari sifatli tarzda yakuniga yetkazildi.
Xususan, Saylov uçastkasi taşkil qilingan kundan boşlab uning atrofini obodonlaştiriş va jihozlaş işlari jadal surʼatda olib borildi. Homiy taşkilotlar yordami bilan kerakli boşlanğiç taşkiliy işlar amalga oşirildi. Saylov uçastkasi joylaşgan bino tuman telekommunikatsiya bölimi tomonidan mobil telefon hamda modem bilan taʼminlandi. Şuningdek, saylov uçastkasi davlat ramzlari, saylovçilar kabinasi, saylov qutilari, peşlavhalar, kantselyariya mahsulotlari, Özbekiston Respublikasi saylovga oid qonun hujjatlariga doir kitoblar bilan taʼminlandi.
Saylov qonunçiligiga asosan saylov uçastkasida işçi guruh aʼzolari orasida navbatçilik taşkil qilindi va vazifalar taqsimoti belgilanib, saylov uçastkasi hududidagi barça saylovçilarga taklifnomalar tarqatildi.
Saylov qonunçiligiga asosan muddatidan oldin ovoz beriş boşlanişidan 1 kun oldin uçastka saylov komissiyasi yetarli miqdorda byulletenlar bilan taʼminlandi va hozirga qadar 3 nafar saylovçi muddatidan oldin ovoz berdi.
***

Şuningdek, Amudaryo tumandagi 112-sonli saylov uçastkasida ham tayyorgarlik jarayonlari sifatli tarzda yakuniga yetkazildi. Uçastka saylov komissiyasi aʼzolari 17 kişidan iborat bölib, saylov uçastkasi Tor yop mahallasi hududidagi 21-sonli maktab binosida joylaşgan.
Uçastka saylov jarayonini taşkil qiliş va ötkaziş uçun barça kerakli anjomlar bilan taminlangan. Xususan, saylov uçastkasi joylaşgan bino tungi çiroqlar, nogironlar aravaçasi uçun çiqiş yölaklari, peşlavhalar va boşqa zarur vositalar bilan taminlangan. Uçastkada obodonlaştiriş işlari olib borilgan bölib, maktab binosiga olib boruvçi yöllar tekislangan. Binoda saylovçilarning kerakli maʼlumotlarni olişlari uçun barça qulayliklar yaryatilgan. Jumladan, Saylov kodekslari, axboratnoma, nomzodlar röyxati, uçastka xaritasi, alohida peşlavhalarda joylaştirilgan. Peşlavhalarda komissiya aʼzolarining iş taqsimoti va navbatçilik jadvallari ham joylaştirilgan. Qolaversa, saylov uçastkasi internet tarmoği hamda barça texnik vositalar bilan taʼminlangan.
112-sonli saylov uçastkasida jami 2 ming 608 nafar saylovçilar röyxati bazaga kiritilib, xatlovdan ötkazilgan. Saylovçilarning siyosiy bilimlarini oşiriş hamda yurtimizdagi saylov tizimidagi yangiliklar va özgarişlardan boxabar qiliş maqsadida uçastka saylov komissiyasi aʼzolari tomonidan yiğilişlar ötkazilib, tuşunçalar berildi. Şuningdek, uçastka saylov komissiyasining barça aʼzolariga saylov kuni va saylovgaça bölgan vazifalar töla taqsimlab berilgan. Uçastkada komissiya raisi va azolari uçun alohida xonalar ajratilgan va saylovçilar uçun tibbiyot xonalari ham tayyor holatga keltirilgan.
Bu kabi taşkiliy işlar saylov jarayonini kötarinki ruhda, saylovçilarning faolligida va eng asosiysi qonun talablari asosida ötkaziş imkonini beradi.
Çaros ARSLONOVA, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶