22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:17
Siyosat 👁 459

SAYLOV UChASTKALARIDA TAYYoRGARLIK JARAYoNI QANDAY?

SAYLOV UChASTKALARIDA TAYYoRGARLIK JARAYoNI QANDAY?

Joriy yilning 20-sentyabrida boshlangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kampaniyasi ayni kunlarga kelib qizgʻin pallaga kirdi.

Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda faoliyat yuritayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi saylov uchastkalari toʻliq tayyor holatga keltirildi.

Saylovlarni qonun talablari asosida, namunali tarzda tashkil etish yuzasidan 50-sonli maktabda joylashgan 121-sonli uchastka saylov komissiyasi aʼzolari ham qator ishlarni amalga oshirdi.

Saylov boʻlib oʻtadigan joy va uchastka saylov komissiyasi aʼzolari uchun ajratilgan xonalar saylov qonunchiligiga doir koʻrgazmali qurollar, inventarlar bilan taʼminlandi. Komissiya aʼzolari kampaniya boshlanganidan beri uyma-uy yurib, targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish bilan bir qatorda saylovchilarning elektron roʻyxatiga aniqlik kiritishdi.

Ayni kunda saylov uchastkasiga tashrif buyurgan odam saylovga doir barcha axborotlar, shuningdek, hududdan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari tuman Kengashi deputatligiga koʻrsatilgan nomzodlar haqida kerakli maʼlumotlarga ega boʻlish imkoniyatiga ega.

– Ilk bor yangi Kodeksga asosan oʻtkaziladigan saylovga saylovchilar faol munosabat bildirishmoqda. Ular saylovda oʻzlarining munosib deb bilgan nomzodlariga ovoz berishni fuqarolik burchi ekanini teran his qilishmoqda. Bunga maʼlum sabablarga koʻra 22-dekabr kuni yashash manzilida boʻla olmasligini aytib, muddatidan oldin ovoz berish uchun uchastka saylov komissiyasiga murojaat qilayotgan odamlar bilan suhbatlashish jarayonida amin boʻlish mumkin, – deydi 121-sonli uchastka saylov komissiyasi raisi Alisher Eshniyozov.

Aytish joizki, mazkur saylov uchastkasida 5 nafardan ortiq saylovchi saylov kunida yashash joyida boʻla olmasligi sababli muddatidan oldin ovoz berishgan. Bu fuqarolarning saylov qonunchiligidagi yangiliklardan xabardor qilingani, saylovlar doir targʻibot-tashviqot ishlari yaxshi olib borilgani samarasidir.

***

86-sonli maktabda joylashgan 118-saylov uchastkasida 2770 nafar saylovlar 22-dekabr kuni oʻzlari tanlagan eng munosib nomzodlarga ovoz beradilar. Ayni kungacha saylovni qonunchiligimizga amal qilingan holda, demokratik tamoyillar asosida oʻtkazish uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Saylov uchastkasida muntazam navbatchiliklar tashkil etilgan boʻlib, oʻzlarini qiziqtirgan saylovga oid savollariga javob olish uchun kelgan fuqarolar bilan suhbatlar olib boriladi. Saylov uchastkasi saylov jarayonini boshlash uchun taxt holga keltirildi.

Shuning uchun ham biri xizmat safariga, yana biri maʼlum sababga koʻra xorijiy davlatga ketayotgan fuqarolar muddatidan oldin oʻz nomzodlariga ovoz berishida hech bir muammoga duch kelishmadi.

Saylov uchastkasida 22-dekabr kuni ovoz berish jarayonini tartibli va namunali tashkil etishning barcha choralari koʻrilmoqda.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026