22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 00:04
Fan va taʼlim 👁 742

FANLAR OLIMPIADASINING TUMAN BOSQIChIDA BILIMDONLAR SARALANDI

FANLAR OLIMPIADASINING TUMAN BOSQIChIDA BILIMDONLAR SARALANDI

Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan Fanlar olimpiadalari nafaqat ularning bilimlarini charxlaydi, balki kelajakdagi orzulariga qanot bagʻishlaydi.

5-10-yanvar kunlari tumandagi umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar orasidan ana shunday bilimdon va iqtidorlilarni aniqlash maqsadida tuman Xalq taʼlimi boʻlimining 2019-yil 23-dekabr kungi 235-m-sonli buyrugʻi asosida Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi oʻtkazildi. 40-sonli maktabda boʻlib oʻtgan ushbu Fanlar olimpiadasida maktab bosqichida gʻolib boʻlgan 9-11-sinf oʻquvchilaridan 609 nafari ishtirok qilishi rejalashtirilgan edi. Lekin 26 nafar oʻquvchi turli sabablarga koʻra, ishtirok qila olmadilar.

Ushbu tadbirda 9-11-sinf oʻquvchilari jami 55 ta fan boʻyicha oʻz bilimlarini sinab koʻrdilar. Har bir fan boʻyicha 55 nafar auditoriya rahbari, 55 nafar kuzatuvchi, 165 nafar hakamlar hayʼatidan iborat guruh belgilangan mezon asosida oʻquvchilar bilimini baholab bordilar. Baholashda oʻquvchilar va ularning ota-onalari tomonidan bildirilgan noroziliklar appellyatsiya komissiyasi tomonidan tegishli tartibda koʻrib chiqilib, natijalari oʻzlariga tanishtirildi.

Tadbir yakuniga koʻra, 256 nafar 9-sinf oʻquvchilari orasidan 20 ta fan boʻyicha 40 nafar gʻolib aniqlandi. Shundan, iqtisodiy bilim asoslari fani boʻyicha oʻquvchilar keyingi bosqichda ishtirok qilish uchun yetarli ball toʻplay olmadilar. Fanlar olimpiadasida 17 ta fandan ishtirok qilgan 168 nafar 10-sinf oʻquvchilari orasidan 15 ta fan boʻyicha 32 nafar gʻoliblar aniqlandi. Qolgan 2 ta, yaʼni qoraqalpoq tili hamda rus tili va adabiyoti fanlaridan oʻquvchilar yetarli ball toʻplay olmaganligi sababli gʻoliblar aniqlanmadi. Shuningdek, 159 nafar 11-sinf oʻquvchilari 17 ta fan boʻyicha ishtirok qilishib, 38 nafar gʻoliblar aniqlandi va keyingi bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.
Fanlar olimpiadasining tuman bosqichi yakuniga koʻra, 9-11-sinf oʻquvchilaridan jami 110 nafari  Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ishtirok qilish huquqini qoʻlga kiritdilar.

Fanlar olimpiadasining 3-bosqichiga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktablarining 10 nafar oʻquvchilari oʻzbek tili va adabiyoti, ingliz tili va  matematika fanlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etish huquqiga ega boʻldilar.  Bundan tashqari, 2018-2019 oʻquv yilida Fanlar olimpiadasining 3-bosqichida birinchi oʻrinni egallagan 3 nafar 10-sinf oʻquvchisi ham 2019-2020 oʻquv yilida 11-sinf oʻquvchilari bilan birga toʻgʻridan-toʻgʻri 3-bosqichga qatnashish huquqiga ega boʻlishdi.

Umumiy hisobda 2019-2020 oʻquv yilida tuman umumtaʼlim maktablaridan Fanlar olimpiadasining 3-bosqichida 123 nafar oʻquvchi ishtirok etib, tumanimiz sharafini himoya qiladilar.
Biz tumanimizning bilimdon oʻquvchi-yoshlariga Fanlar olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ham gʻoliblar safidan joy olishlarida omad tilaymiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026