Kelajakda jamiyat ravnaqiga munosib hissamizni qöşamiz
Bugungi kunda yoşlar tarbiyasi, taʼlim sohasiga bölgan eʼtibor davlat miqyosidagi masalalardan biriga aylangan. Buni muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan beşta muhim taşabbusda ham körişimiz mumkin. Bizning maktabimizda ham bu muhim beş taşabbusning ijrosini taʼminlaş maqsadida salmoqli işlar amalga oşirilmoqda.
Men Amudaryo tumanidagi Qiliçboy qişloğining qoq markazida joylaşgan 15-sonli maktabda taʼlim-tarbiya olib kelmoqdaman. Maktabimizda köp yillardan buyon kelajak avlodga, Vatanimizning ertangi kuni egalariga taʼlim-tarbiya berilib kelmoqda. Ustozlarimiz bizni olğa intilişga, izlanişga, harakat qilişga undaydi. Şu sababli biz doim aʼlo öqişga, faol bölişga intilamiz. Çunki harakat qilgan, albatta, maqsadiga yetadi.
Yoşlarning maʼnaviyatini yuksaltiriş va ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş maqsadida maktabimizda musiqa va sanʼat, sport, kitobxonlik, kompyuter savodxonligi, kasbga yönaltiriş böyiça turli tögaraklar taşkil qilinib, faoliyat yuritmoqda. Ustozlarimizdan Zamira Abdullayeva “Yoş ijodkorlar”, Matluba Akbarova “Rus tilini örganamiz”, Aziza Rahimova “Yoş tilşunos”, Dilmurod Bobojonov “Yoş informatik”, Dildora Matyusupova “Yoş rassom”, Örinboy Şomurodov “Yoş musiqaçilar”, Gulasal Sobirova “Mohir qöllar”, Muborak Yöldoşeva “Yoş gimnastikaçilar”, Bahodir Rahimov “Yoş sportçilar”, Surayyo Adamboyeva ”Ingliz tilini örganamiz” nomli tögaraklarda öquvçi yoşlarimizning bilim va salohiyatini rivojlantirmoqdalar. Şuningdek, “Özbek jang sanʼati” tögaragi öquvçilari turli sport musobaqalarida qatnaşib, yutuqlarni qölga kiritib kelayotganligi bilan barçamiz faxrlanamiz.
Öquvçilarga bilim berib, ularning ilm böstonini bezayotgan öqituvçilarimizga ming bor taşakkur aytsak ham ozdir. Biz yoşlar ham öz navbatida aziz ustozlarimiz va ota-onalarimizning işonçini oqlab, kelajakda jamiyat ravnaqiga munosib hissa qöşişga bor kuç-ğayratimizni sarflaymiz.
Muxlisa Olimova, 15-sonli maktabning
“Yoş ijodkorlar”tögaragi aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶