Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kollejida asalariçilikni rivojlantiriş böyiça mahorat darsi ötkazildi
Asalariçilik qişloq xöjaligining muhim tarmoği hisoblanadi. Mazkur soha asalari oilalarini köpaytiriş, asal, mum, gul çangi va boşqa asalariçilik mahsulotlarini yetiştiriş, qişloq xöjalik ösimliklarini çanglantirib, hosildorlikni oşiriş va mevali daraxtlar hosili sifatini yaxşilaşga xizmat qiladi.
Yurtimizda uşbu soha, yaʼni asalariçilikni yanada rivojlantiriş maqsadida “Özbekiston asalariçilari” uyuşmasi taşkil etildi. Uning asosiy vazifalari asal mahsulotlari işlab çiqarişning texnologik jarayonlarini tizimli taşkil etiş, asalari paketlari yetiştiriş va ozuqa bazasini mustahkamlaş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, şuningdek, asal yetiştiriş jarayoniga ilmiy asoslangan usullar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etişdan iborat. Tumanda ham asalariçilikni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilib, tegişli çora-tadbirlar amalga oşirila boşladi.
17-yanvar kuni tumanimizdagi Amudaryo qişloq xöjaligi kasb-hunar kollejida öqituvçilar hamda kollejning veterinariya yönalişi öquvçilari uçun mahorat darsi taşkil qilindi.
Özbekiston Respublikasi boş prokurori örinbosari taşabbusi bilan Toşkent davlat agrar universiteti Nukus filiali “Zooinjeneriya va veterinariya” kafedrasi assistentlari A.Tleumuratov va P.Ansatbayevlar “Asalariçilik sohasini rivojlantiriş” mavzusida mahorat darsini ötkazdilar. Tadbirni kollej direktori Maqsud Yöldoşev oçib berdi hamda mehmonlarni taniştirdi. Masʼullar asalariçilik sir-asrorlari, yurtimizda asalariçilik sohasini rivojlantirişning ahamiyati hamda sohaga qaratilayotgan eʼtibor haqida yiğilganlar bilan fikr almaşdilar.
Mahorat darsida asalariçilikni xalqimiz yetti xazinaning biri deb ataşini, yer yuzining barça qitʼasida rivoj topgan uşbu sohaga bölgan eʼtibor va qiziqiş yildan-yilga ortib borayotgani, Davlatimiz rahbarining “Respublikamizda asalariçilik tarmoğini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida” Qarori muhim asos bölayotgani haqida söz yuritildi. Şuningdek, mazkur Qaror asosida asal yetiştiriş, uni qayta işlaş hajmlarini köpaytirişga, asalari paketlari bilan xöjaliklarni taʼminlaşga, asal yetiştirişning zamonaviy usullarini joriy etişga yönaltirilgan 2017−2021-yillarda asalariçilik tarmoğini kompleks rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi tasdiqlangani aytib ötildi.
Yuqori saviyada taşkil qilingan mahorat darsi iştirokçilarning asalariçilikka bölgan qiziqişlarini yanada oşirdi. Veterenariya yönalişi öquvçilarining köpçiligida kelgusida uşbu soha bilan şuğullaniş istagi paydo böldi. Öquvçilar uşbu soha bilan şuğullaniş sir-asrorlari haqida berilgan savollariga töliq javoblar oldilar. Bunday qiziqarli darsni taşkil qilganlari uçun kollej maʼmuriyati masʼullarga minnatdorçilik bildirdilar.
Taʼlim sohasining hamda qişloq xöjaligi tarmoqlarining yanada rivojlanişi uçun amalga oşirilayotgan bu kabi tadbirlar, albatta, özining ijobiy samarasini beradi va soha rivoji yanada ortadi.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶