22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 00:02
Siyosat 👁 626

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining ikkinchi sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining ikkinchi sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2020-yil 27-yanvar kuni tuman hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining ikkinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, huquq-tartibot organlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari raislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiya ishiga tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev raislik qildi.

Deputatlar dastlab Xalq deputatlari tuman Kengashining va Kengash doimiy komissiyalarining 2020-yilga moʻljallangan ish rejalari loyihasini koʻrib chiqib, tasdiqladilar.

Soʻngra Amudaryo tumani Jinoyat, Fuqarolik, Iqtisodiy va Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlari raislarining axborotlari tinglandi. Axborotlarda tumanda inson huquq va erkinlari himoyasi, qonun ustuvorligini taʼminlash yuzasidan keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilgani alohida taʼkidlandi. Shuningdek, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishni amalga oshirish borasida 2019-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotlar berildi.

Kun tartibidagi uchinchi masala – 2019-yil davomida jinoyatchilikning oldini olish va qonuniylikni taʼminlash hamda bu borada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori va Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi hisobot berdi. Tuman Prokuraturasi hamda Ichki ishlar boʻlimi tomonidan qilingan amaliy ishlar natijasida 2019-yilda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning sezilarli darajada kamayganligi hisobotlarda taʼkidlab oʻtildi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala – tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti holati yuzasidan tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Moʻminjon Matyusupovning axboroti tinglandi. Axborotda boʻlim tomonidan 2019-yil davomida jami 80 nafar fuqaroning manfaatini koʻzlab kiritilgan arizalardan 76 tasi qanoatlantirilgani, daʼvo arizalari natijasida fuqarolarning pensiya, ish haqi, farzandiga tugʻilish guvohnomasi olish kabi masalalar hal etilganligi taʼkidlab oʻtildi.

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasida 2019-yil davomida tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlari faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holati boʻyicha kun tartibiga qoʻyilgan masala yuzasidan qabulxona mudiri Erkin Pajabov axborot berdi. Axborotda 2019-yilda kelib tushgan murojaatlarning 353 tasi yaʼni, 80 foizi qanoatlantirilganligi, qolgan murojaatlarni koʻrib chiqish va hal qilish boʻyicha ham amaliy choralar koʻrilishi taʼkidlandi.

Sessiyada tumanni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tashkil qilingan sektorlar tomonidan 2019-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlar tinglanib, muhokama qilindi hamda tegishli qaror qabul qilindi. Hisobotlarda taʼkidlanganidek, barcha sektor aʼzolari tomonidan 2019-yilda sohalarda samarali ishlar amalga oshirildi. Hududlardagi aholining muammolari oʻrganilib, ularni oʻz vaqtida hal qilish choralari koʻrildi.

Amudaryo tumanidagi Oʻzbekiston Pespublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi tomonidan 2019-yilda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida qabulxona mudiri Akbar Xoʻjamurodov ham sessiyada axborot berdi. Axborotda taʼkidlanganidek, qabulxonada jami 144 ta masala boʻyicha 134 ta murojaat roʻyxatga olingan. Shundan 82 tasi qanoatlantirilib, 52 tasiga tushuntirishlar berilgan.

Tuman Kengashining sessiyasida Prezidentimizning ”Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning toʻliqligini taʼminlash boʻyicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Maʼmurjon Temirbayev, tuman davlat soliq inspetsiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Odilbek Ashirbayev hamda tuman Moliya boʻlimi mudiri Ulugʻbek Bekniyozovlar hisobot berdi. Hisobotlarda taʼkidlanganidek, 2019-yil davomida jami 66 mlrd. 404 mln. soʻmlik 57 ta loyihalar amalga oshirildi va natijada 253 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Sessiyada tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Polvonovning ham axboroti tinglandi. Axborotda sohada amalga oshirilgan loyihalarga oʻz mablagʻlari hisobidan 2 mlrd. 582 mln. soʻm sarflanib, yangidan 192 ta ish oʻrinlari yaratilganligi, 2019-yilda tumanimizda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish boʻyicha qabul qilingan dastur amalda toʻliq bajarilgani taʼkidlandi.

Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Fayzulla Saʼdullayev ham sessiyada axborot berib, qishloq xoʻjaligi sohasida yakunlangan 2019-yilda ham yuqori natijalarga erishilgani, xususan, 2019-yil hosili uchun don topshirish boʻyicha shartnomaviy reja respublikamizda oldingilar qatorida ortigʻi bilan bajarilib, davlatimiz xirmoniga 9 ming 749 tonnadan ortiq don topshirilib, reja 133,6 foizga, 15 ming 250 gektar maydonga chigit ekilib, davlat xirmoniga rejadagi 32 ming 250 tonna oʻrniga, 36 ming 669 tonna paxta hom ashyosi yetkazib berilib, shartnomaviy reja 113,7 foizga bajarilgani qayt etib oʻtildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan Pespublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlimi boshligʻi Ashirboy Qushayevning axborotida Oʻzbekiston Pespublikasi Davergeodezkadastr qoʻmitasi ekspert komissiyasining xulosasiga koʻra tumandagi 2 ming 555 ta nomsiz koʻchalarga nom berish tavsiya qilingani, 101 ta koʻcha nomi maʼno jihatidan berilayotgan obʼektga nomuvofiqligi, 11 ta nom roʻyxatda takroriy berilgan degan xulosaga kelingani taʼkidlanib, koʻchalarni yangidan nomlash boʻyicha zarur ishlar olib borilayotgani qayd etib oʻtildi.

Sessiyada koʻrilgan hamda muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi va shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026