HAR BIR BOLA – BIR OLAM
Tobora rivojlanib borayotgan mamlakatimizni yanada ravnaq toptiriş – bugungi yoş avlodning bilim va salohiyatiga boğliq. Bunda, albatta, bugungi yoşlarga berilayotgan taʼlim-tarbiya muhim ahamiyatga ega. Çunki yaxşi taʼlim-tarbiya olgan yoşlargina el-yurtga fidoyi böladilar, özlarini ona Vatan tinçligiga, kelajagiga daxldor deb biladilar. Şuning uçun ham mamlakatimizda taʼlim-tarbiya sohasiga eng ustuvor vazifa sifatida qaraladi.
Sönggi ikki yil içida taʼlim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan eʼtibor tufayli maktabgaça taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan özgarişlar salmoği ham, muassasalar soni ham keskin oşdi. Natijada 6 yoşgaça bölgan bolalarni maktabgaça taʼlim takşilotlariga qamrab oliş böyiça ijobiy natijalarga erişildi.
Birgina bizning tumanimizda ötgan yil davomida 1 ta davlat xususiy şeriklik asosida, 27 ta oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti yangidan taşkil qilindi va maktabgaça taʼlim taşkilotlari soni 82 taga yetkazildi. Yana 22 nafar tadbirkor tomonidan nodavlat MTTlar taşkil etiş yuzasidan bitim tuziş uçun hujjatlar tayyorlanib, Maktabgaça taʼlim vazirligiga taqdim etilgan. Ayni paytda tumanda 45,5 foiz 3-6 yoşli bolalar maktabgaça taʼlim taşkilotlariga qamrab olingan.
Tumandagi 40-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti 1991-yilda qurilgan bölib, 140 nafar kiçkintoyni tarbiyalaşga möljallangan. Davlatimizning sohaga qaratayotgan eʼtibori va kun sayin oşib borayotgan talablar bois, 2016-yilda muassasa binosi kapital taʼmirlandi va qöşimça, qulay şaroitlar yaratildi. Natijada yangi guruhlar taşkil etilib, hududdagi bolalarni qamrab oliş körsatkiçi ham oşdi.
Bugungi kunda taşkilotda 9 ta guruhda 250 nafar jajji bolajonlar tarbiyalanmoqda. 16 nafar pedagog-tarbiyaçilarning 4 nafari oliy, 2 nafari tugallanmagan oliy maʼlumotga ega. 10 nafar xodimlar esa örta maxsus maʼlumotli mutaxassislardir. Tarbiyaçi-pedagoglar Nafisa Ismoilova, Albina Eşnazarova, Şohista Jamolovalarning “örgan-örgat” tamoyili asosida iş yuritişlari tufayli tarbiyalanuvçilar örtasida tuman miqyosida ötkaziladigan “Soğlomjon-Polvonjon”, “Bilağon bolajonlar” kabi bellaşuvlarda 40-sonli maktabgaça taʼlim taşkiloti hamişa peşqadam.
Bolajonlarning soğlom va epçil, intiluvçan bölib ulğayişlarida boş oşpaz Saida Jumamurodovaning hissasi katta. Biri-biridan şirin, totli taomlar tayyorlab, bolajonlarni siylaguvçi pazanda opani bolajonlar “özimizning şirin momomiz”, deya sevişadi. Hamşira Dilbar Qurbonboyeva esa bolajonlarning salomatligini doimiy körikdan ötkazib turişni aslo kanda qilmaydi.
Joriy yilning yanvar oyida tumanimizda bölgan Işçi guruhi aʼzolari uşbu muassasada bölişib, olib borilayotgan taʼlim-tarbiya sifati bilan tanişdilar va xodimlarning iş tajribalari, erişayotgan yutuqlarini tahlil qilişdi. Iş samarasini ijobiy baholadilar va tarbiyalanuvçilar uçun keltirgan sovğalarini topşirdilar.
Muassasadagi guruhlarda bolalarning yoşi, qiziqişlari böyiça taʼlimiy maşğulotlar olib boriş, qobiliyatli bolajonlar iştirokida alohida tarbiyaviy soatlar taşkil etiş, ularning jismoniy yetuklik sari qadam qöyişlarini şakllantiriş maqsadida çiniqtiruvçi maşqlar, qiziqarli sport öyinlari ötkaziladi. Ayniqsa, 6 yoşli bolalar guruhlarida bola nutqini rivojlantiriş, diqqatni jamlaş, noldan 10gaça, 10dan 100 gaça raqamlarni yoddan aytiş, raqamlarni yoddan qöşiş, ayiriş, köpaytiriş kabi maşğulotlar juda qiziqarli tarzda olib boriladi. Toza havoda sayr qiliş, tabiat bağriga sayohat, “Dadam, oyim va men oilaviy sportçilarmiz”, “Men katta bölsam...” kabi öyin-maşğulotlari jarayonida bolajonlar özlarini erkin, mustaqil his etişni örganişadi.
Taşkilot xodimlarining barçasi uçun har bir bola – bir olam. Ana şu olamning yanada barkamol, metin, mustahkam alp qörğonga aylanişi bugungi taʼlim-tarbiya jarayoniga, harakatga boğliq ekanligini ular yurakdan his etadilar. Şuningdek, Prezidentimiz tomonidan soha xodimlari oldiga qöyilayotgan uluğvor vazifalar ijrosini taʼminlaş hamda vijdonan bajarişga intiladilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶