TARIX VA HUQUQ FAN OYLIGIDA NAZARIY VA AMALIY BILIMLAR UYĞUNLAŞDI
Tariximizni örganiş – özligimizni anglaşdir. Zero, öz tarixiy ildizlarini teran bilmagan inson bugungi tinçlik, osoyiştalikning qadriga yetmaydi. Şu bois, mamlakatimiz taʼlim tizimida xalqimizning boy tarixini nafaqat örganiş, balki mustabid tuzum davrida soxtalaştirilgan moziy sahifalarini asliga qaytariş, köp millatli xalqimizning tarixi qanday bölsa, şundayligiça, bor mazmun-mohiyati bilan ösib kelayotgan yoş avlodni taniştiriş, ular qalbida Vatanimiz tarixiga çuqur hurmat uyğotiş maqsadida innovatsion pedtexnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Bu kabi saʼy-harakatlar, ayniqsa, umumtaʼlim maktablarida ötkazilayotgan fan oyliklarida öz ifodasini topmoqda.
Yanvar oyi umumtaʼlim fanlari orasida tarix va huquq fan oyligi sifatida öquvçi-yoşlar uçun taassurotlarga boy ötdi. Tumanimizdagi barça umumtaʼlim maktablarida mazkur tadbirlar öquvçilarning nazariy va amaliy bilimlari uyğunligida uyuşqoqlik bilan ötkazilgani tahsinga loyiq.
“Moziyga qaytib iş körmoq - xayrlidir” şiori ostida 22-sonli umumtaʼlim maktabida bölib ötgan tarix va huquq fan oyligi doirasida ötkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy va adabiy-musiqiy tadbirda öquvçi-yoşlar orasida tarix va huquq fani bilimdonlari yanada köpligini, şu barobarida maktabda uşbu fanlarni öqitiş böyiça öziga xos uslubga esa öqituvçilar, taʼlim-tarbiya sohasi fidoyilari mehnat qilişayotganini namoyon etdi.
Tadbirni oçib bergan maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Ikrom Jangaboyev mamlakatimiz tarixining har bir sahifasi xalqimizning buyuk qahramonlik eposi ekanligini, ajdodlarimiz bosib ötgan qahramonona şonli yöl har birimiz uçun ibrat, şu bilan birga iftixor ekanligini taʼkidladi.
Maktabning 6-,7-,8-10-,11-sinflar öquvçilari tomonidan taşkil etilgan tadbirda tariximizning turli bosqiçlari haqida hikoya qiluvçi sahna körinişlari, teatrlaştirilgan raqslar, şeʼriy kompozitsiyalar namoyiş etildi.
Kiçkintoy bolajonlar – 1-sinf öquvçilari ijrosidagi şöx raqslar bilan boşlangan tadbirning maʼnaviy-maʼrifiy qismida 6-sinf öquvçilari 5 ta muhim taşabbus haqidagi adabiy kompozitsiya orqali öz orzularini körsatib berişdi. Ular 5 ta taşabbus haqida ham nazariy, ham amaliy tasavvurga ega ekanliklarini öz çiqişlari orqali ifodalab berdilar. Mazmunida 5 ta taşabbus jo bölgan maʼnaviy-maʼrifiy mavzudagi aşulalari orqali barça tengdoşlarini olğa intilib yaşaşga, ilm örganib, sport bilan şuğullanişga, zamonaviy axborot texnologiyalarini puxta egallaşga, kasb-hunarli bölişga daʼvat etişdi.
7-sinf öquvçilari talqinidagi buyuk ajdodlarimiz obrazlarining sahnaviy namoyişi hamda Özbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” aşulasi asosida sahnalaştirilgan jangovar çiqişlari, Ikkinçi jahon uruşi davridagi Şomahmudovlar oilasi hayotini aks ettiruvçi sahna körinişi katta mahorat bilan körsatib berildi. Bunda öquvçilarning xalqimiz tarixiga çeksiz hurmat-eʼtibori aks etib, tadbir iştirokçilarida faxr-iftixor tuyğularini uyğotdi.
Fan oyligi tadbirining adabiy-musiqiy qismida Husayn Boyqaro bilan Alişer Navoiy döstligiga muhim eʼtibor qaratilgani barçaga manzur böldi. Unda ikki buyuk siymo öz davrida nafaqat maʼnaviyatga, balki fiqh – huquqiy madaniyatga ham öta eʼtiborli bölganlari ularning suhbatlari orqali ifodalab berildi.
Tadbirda 6-7-sinf öquvçilari tomonidan tayyorlangan sahna körinişlari, Erkin Vohidovning “Özbegim” qasidasini ifodali öqiş, “Mardlik afsonasi” haqidagi şeʼrlar, “Ajdodlar ruhi” qöşiği yangraganida barça öquvçilar şeʼr va qöşiqqa jör bölişib, qalblarda vatanparvarlik tuyğulari yanada jöş urdi.
Yuksak mahorat, bilimdonlik aks etib turgan tarix va huquq fan oyligi doirasidagi mazkur tadbirni taşkil etişda fidoyilik qilgan tarix fani öqituvçisi Saltanat Töliboyevaning mehnati eʼtiborga molik. Şuningdek, tarix fani öqituvçilari Baxtiyor Ötaboyev, Aziz Bobojonov, huquq fani öqituvçisi Yunus Bekberganovlarning hamjihatlikdagi, özaro tajriba almaşuv asosida olib borayotgan faoliyatlari tufayli maktabda tarix va huquq fanlarini öqitişda öziga xos boy tajribaning şakllangani bois, öquvçi-yoşlar uşbu fanlarni muvaffaqiyatli özlaştirişga erişmoqdalar. Yuqoridagi fan oyligi doirasida ötkazilgan tadbir fikrimizning yaqqol isbotidir.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶