REPETITORGA EHTIYoJ KAMAYaDI(MI?..)
Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligining 2019-yil 28-dekabrdagi 405-sonli buyruğiga asosan 2019-2020 öquv yilining 3-çoragidan boşlab umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinflarida fanlar ixtiyoriy tanlov asosida öqitilmoqda.
Mazkur loyiha 2019-2020 öqiş yili yakuniga qadar tajriba-sinov tariqasida ötkazilib, agar ijobiy natija bersa, kelgusida töliq amaliyotga joriy etiladi. Yangi tizim öquvçilarga maktabning özida oliy öquv yurtiga kiriş imtihonlariga tayyorlanişi uçun imkoniyat yaratib, repetitorga ehtiyojni kamaytiradi.
Sir emaski, hozirgi kunda tumanimizda turli fanlardan repetitorlik kurslari taşkil qilingan bölib, ularda bir fandan tayyorgarlik köriş uçun narxi oyiga har öquvçiga örtaça 100-120 ming sömdan töğri kelmoqda.
Yuqoridagi loyiha asosida öquvçilar fanlarni ixtiyoriy tanlov asosida öqib-örgansalar, öquvçilarning ham vaqti tejalib, ota-onalar repetitorga sarflayotgan mablağlarini boşqa foydali yönalişlarga sarflaşi uçun imkon yaratiladi.
Taʼkidlaş joizki, yangilikning joriy qilinişi ixtiyoriy bölib, maktabda tanlov sinfini taşkil etişda şu fanlardan yuqori malakali, tajribali öqituvçilarning mavjudligi inobatga olinadi. Tanlov-sinfi yönalişi 10-11-sinflar kesimida, öquvçilar örtasida sörovnoma ötkaziş orqali aniqlanadi. Bunda 1 nafar öquvçi faqat bitta yönalişni tanlaşi yoki tanlov sinflari quyidagi 5 ta yönalişda taşkil etilişi mumkin: xorijiy til, iqtisod, texnologiya, tabiiy fanlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar yönalişlari böyiça taşkil etiladi.
Bizning 64-sonli umumtaʼlim maktabimiz öquvçilaridan olingan sörovnoma natijalariga köra, ijtimoiy-gumanitar yönalişida 10-sinfdan har biri 25 öquvçidan iborat bitta, 11-sinfdan bitta, jami 2 ta tanlov sinfi taşkil etilib, dars maşğulotlari ötkazilmoqda. Dars maşğulotlarida nafaqat tavsiya qilingan darsliklardan, balki qöşimça manbalardan ham foydalanilmoqda. Maktabdagi kompyuter sinfi bepul internet tarmoğiga ulangan bölib, tanlov sinfi öquvçilari darsdan keyin Davlat test markazining “Onlayn test” tizimi orqali ona tili, matematika, Özbekiston tarixi kabi oliy öquv yurtiga kiriş imtihonlari uçun majburiy bölgan fanlardan test savollari yeçib, tayyorgarlik körişmoqda.
Mazkur yangilik köpçilik uçun ayni muddao böldi. Ammo uning maktablarda qanday taşkil etilişi va sifati qay darajada bölişini oliy hakam, vaqt körsatadi.
Oybek QURBONOV,
64-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶