FAN OYLIGI DOIRASIDA BILIMDONLIK MUSOBAQASI ÖTKAZILDI
Har yili umumtaʼlim maktablarida turli fanlar böyiça fan oyligi ötkaziş anʼanaga aylangan. Yanvar oyi – tarix va huquq fanlari oyligi sifatida biri-biridan qiziqarli tadbirlarga, öquvçilarning bilimlarini sinovdan ötkazuvçi zakovat bahslariga boy tarzda ötdi.
15-sonli umumtaʼlim maktabida tarix va huquq fanlari oyligi doirasida bölib ötgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham özining tarbiyaviy, taʼlimiy ahamiyati bilan taassurotlarga boy böldi.
“Vatanimiz tarixini örganamiz!” şiori ostida, maktabning 10-11-sinflar örtasida bölib ötgan bellaşuvda öquvçilar özlarining tarix va huquq fanlarini qay darajada özlaştirişayotganlari, qiziqiş va iqtidorlarini yaqqol namoyon qilişdi.
Maktabning tarix fani öqituvçisi Tursunoy Aqmanova mazkur tadbirda dastlab xalqimiz tarixi, madaniyati, turmuş tarzi, milliy anʼana va qadriyatlarini örganiş, ularni tarğib etiş va kelgusi avlodlarga yetkaziş muhimligini, tarixsiz kelajak bölmasligini sözladi. Şuningdek, ajdodlarimizning jahon tsivilizatsiyasiga qöşgan hissasi töğrisida çuqur bilimga ega böliş kerakligi, ularning ibratli hayoti va faoliyati bilan faxrlanişimiz lozimligini taʼkidladi.
Şundan söng, 10-sinflar öquvçilarining “Himoyaçilar” va 11-sinflar öquvçilarining “Mustaqillik meʼmori” guruhlari özaro kuç sinaşdilar.
Biri-biridan qiziqarli 5 ta şart asosida ötkazilgan mazkur bilimdonlik bahslarida iştirokçilar dastlabki şartga köra öz guruhlarining nomlanişini şeʼriy taʼriflab berdilar.
Ketma-ketlikda bajarilgan tezkor savollarga aniq va puxta javob beriş, turli davlatlar va ularning hukmdorlari bölmiş tarixiy şaxslarni taʼriflaş, tarix va huquq faniga oid maqollar, ibratli iboralar aytiş, sahna körinişlarini namoyiş etişda har ikkala guruh aʼzolari ham biri-birlaridan qolişmadilar. Har bir şart böyiça qöyilgan talablarning bajarilişi hakamlar tomonidan odilona baholab borildi. Unga köra, öquvçilarning döstlik, özaro hurmat, bilim olişga intiliş tuyğulari ğalaba qozondi.
Muhimi, bölib ötgan tadbirda ğolib va mağlub guruhni aniqlaş emas, balki xalqimizning buyuk tarixiga bölgan beqiyos hurmat, yoşlarning huquqiy bilimlarni egallaşga alohida eʼtibor bilan qaraşlari eʼtiborga olindi.
Tadbir yakunida har ikkala guruh aʼzolari özlarining şaxsiy intilişlari, bilimdonliklari uçun maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadilar.
Muyassar XALILLAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶