21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 05:13
Fan va taʼlim 👁 704

VARIATIV ÖQUV REJASI: BU REJA BIZ ÖQUVÇILARGA NIMA BERADI?

VARIATIV ÖQUV REJASI: BU REJA BIZ ÖQUVÇILARGA NIMA BERADI?

Maktablarda variativ öquv rejasi uçinçi çorakdan boşlangani barçamizga maʼlum. Ammo bu rejaning samarasi va buni taşkil qiliş köplab bahs va munozaralarga sabab bölmoqda.

Oliy taʼlim muassasalariga tayyorlanayotgan öquvçilar uçun, albatta, katta yengillik hamda vaqtdan unumli foydalanişga yordam beradi. Bu jarayonni taşkil etişda öqituvçilar ham özining fikr-mulohazalarini bildirmoqda. Kimdir bu reja orqali yaxşi natijalarga erişişimiz mumkinligini, yana kimdir özining qöşimça takliflarini aytmoqda. Baʼzi öqituvçilarimiz bu jarayonning öquv yili boşidan boşlanişi yaxşi samara berişini taʼkidlaşmoqda.

Umumtaʼlim maktablarining köpçiligida variativ öquv rejasini taşkil qiliş böyiça bir qator muammolar ham yuzaga kelayotganini inkor eta olmaymiz. Yaʼni, baʼzi taʼlim yönalişlarini tört yoki beş nafar öquvçi tanlagan yoki butun boşli bir maktabda 10-11-sinflar bir yoki ikkita sinfni taşkil qilişi tufayli ularni yana variativ reja böyiça beş yönalişga ajratganda ham sinfga önga yaqin öquvçidan taqsimlanişi mumkin. Buning ustiga öqituvçilarimizning dars soatlari kamayişi yoxud köpayişi bilan boğliq muammolar yuzaga kelişi muqarrar.

 Öquvçilar repetitorga bormasdan dars jarayonining özidayoq özlari tanlagan yönalişi böyiça bilimlarga ega bölişi biz uçun quvonarli holat. Ammo darsliklar bu talablarga javob berolarmikan?  

Şu bois variativ rejaga ötilgan maktablarda darslarni turli qöllanmalardan foydalangan holda örganişga töğri keladi. Oliy taʼlim muassasalarining kiriş imtihonlarida ham savollar faqat darslikdan tuşayotgani yöq. Bunda kimnidir ayblamoqçimasman. Aksinça, darsliklarni  qayta körib çiqiş, ayniqsa, 10-11-sinf darsliklarini qayta naşr etiş tarafdoriman. Variativ sinflarda esa öz taʼlim yönalişiga oid fanlardan ixtisoslaştirilgan maktablardagi kabi boşqa darslik, yaʼni murakkablaşgan öquv darsliklari işlab çiqilsa, nur ustiga aʼlo nur bölardi.

Mazkur öquv yilidan boşlab OTMga kiruvçilar 5 fandan imtihon topşiradilar. Bularning 3 tasi – ona tili, matematika va Özbekiston tarixi fanlari majburiy fanlar bölib, variativ sinflarda bu fanlar böyiça taʼlim oliş öquvçilar uçun qulay. Şu örinda variativ sinflarda dars ötadigan öqituvçilarning bilimga ham alohida eʼtibor beriş darkor. Öqituvçi ana şu sinfni öqitar ekan, öz zimmasiga katta vazifa oladi va mana şu sinfdagi öquvçilarning kamida 50 foizi OTMga kirişi uçun harakat qilişi kerak. Agarda yil oxirida bunday natijaga erişilmasa, bu öqituvçining variativ sinfda dars berişini aslo töğri deb bölmaydi. Fidoyi va öz kasbini sevadigan öqituvçi öziga yaratib berilgan bunday katta imkoniyatdan oqilona foydalana bilişi kerak.

Taʼlim sohasida katta samara berişi mumkin bölgan bu variativ reja biz öquvçilar uçun katta imkoniyat. Öz navbatida biz öquvçilar ham mana şu imkoniyatlardan, yaratilayotgan şaroitlardan örnida foydalansak, albatta, ijobiy natijani qölga kiritamiz.  

Variativ reja natijasini esa yil oxirida körişimiz mumkin. Bu boradagi mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça biz öquvçilarning takliflari ham örganilib, eʼtiborga olinsa, maqsadga muvofiq bölar va rivojlaniş sari yana bir qadam qöyişga erişilar edi.

Laylo OLIMOVA,
56-sonli maktab öquvçisi.

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026