22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 01:29
Fan va taʼlim 👁 331

“HISOB – AQL QAYROGʻI” MAVZUSIDAGI TADBIR MATEMATIK OʻYINLARGA BOY BOʻLDI

“HISOB – AQL QAYROGʻI” MAVZUSIDAGI TADBIR MATEMATIK OʻYINLARGA BOY BOʻLDI

Hayotimizda biron bir jabha yoʻqki, matematika fani aralashmagan boʻlsa. Meʼmorchilik obidalarining asrlar davomida salobat toʻkib turishi, yerning poʻlat belbogʻlari boʻlgan temir yoʻllar, baland-baland minoralar deysizmi, kosmik kemalarning konstruktiv tuzilishi, hatto sheʼriyatda ham matematika fanining goʻzal, qiziqarli formulalari, yechimlari, aniq hisob-kitoblari bor. Quruvchi oʻz ishini matematik hisob-kitoblarsiz amalga oshirmagani kabi sheʼriyatda ham sheʼriy talablar hisob-kitobiga amal qilinmasa, sheʼr badiiy jihatdan mukammal boʻlmaydi. Shuning uchun ham matematikani barcha fanlarning kaliti, deydilar.

Matematika fani oyligi doirasida “Hisob – aql qayrogʻi” mavzusida 38-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan maʼnaviy-maʼrifiy kechada maktabning 4-sinf oʻquvchilari oʻzlarining bilimdonliklarini, shu bilan birga Al-Xorazmiy yaratgan buyuk kashfiyotlari haqida hikoya qiluvchi sahna koʻrinishlarini namoyish etdilar.

Maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Mohimjon Qurbonboyeva rahbarlik qilayotgan mazkur sinfda matematika faniga qiziquvchi oʻquvchilar koʻp. Ularning qiziqishlarini ragʻbatlantirish, iqtidorlarini rivojlantirish maqsadida Mohimjon Qurbonboyeva sinfda oʻquvchilarni guruhlarga boʻlgan holda matematik oʻyinlar, zakovat bahslari, “Qaysi guruh eng birinchi masala yechadi?” mavzusida munozarali bellashuvlar tashkil etish, darsdan tashqari mashgʻulotlar oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratadi. Chunki aynan ana shunday mashgʻulotlarda oʻquvchilarning fikr olami kengayadi, aqli charxlanadi.


Ayniqsa, sonlarni yoddan qoʻshish, ayirish, boʻlish va koʻpaytirish amallarini bajarish oʻquvchilar uchun juda qiziqarli. Ular oʻzlari mustaqil ravishda misol va masalalar yechishga, matematik tenglamalar ustida ishlab, har xil boshqotirmalar oʻylab topishga harakat qiladilar. Guruhlarga boʻlingan holda bir guruh aʼzolari ikkinchi guruh aʼzolariga savollar berishadi, ogʻzaki yechim uchun misollar aytishadi. Biri-birini qiziqarli bahslarga chorlashadi.

Tadbirda fan oʻqituvchisi oʻquvchilarning intellektual salohiyati yuksalishi, tahliliy tafakkuri oʻsishida matematikaning roli nechogʻli kattaligini, ularning boʻsh vaqtlarini samarali va qiziqarli oʻtkazish, matematikaga muhabbatini oshirish, fanni qiziqarli tarzda oʻrgatish maqsadida toʻgaraklar tashkil etilgani haqida soʻzladi. Shuningdek, toʻgaraklardagi oʻyin tarzida oʻtkazilayotgan mashgʻulotlarda oʻquvchilar diqqatni jamlashni oʻrganib, matematika va hayot oʻrtasidagi bogʻliqlikni tushunayotganligini aytib oʻtdi. Undan tashqari, fanga bagʻishlangan bu kabi tadbirlar ham tadbirlar bolalarning mazkur aniq fanni oʻzlashtirishga boʻlgan ishtiyoqini yanada oshirishini taʼkidladi.

Tadbir davomida oʻquvchilarning oʻzlari ham tadbirga monand koʻrgazmali qurollar tayyorlashdi. Matematik amallarni sheʼriy talqin etishib, hatto maqollar aytishdi. Turli xil tenglamalar, qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish, boʻlish amallari, kasr sonlar boʻyicha sinf rahbari Mohimjon Qurbonboyeva bilan birgalikda tayyorlagan sheʼriy chiqishlari, shuningdek, sahna koʻrinishlari namoyishi tadbir ishtirokchilari boʻlgan ota-onalar, maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilarida katta taassurot qoldirdi.

“Hisob - aql qayrogʻi”, deb nomlangan tadbir haqiqatdan ham oʻquvchilar aqlini peshlovchi matematik oʻyinlar, kuy va qoʻshiqlar hamda raqslarga boy boʻldi.

M.XALILLAYeVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026