22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 02:42
Fan va taʼlim 👁 434

ANIQ FANLAP BOʻYIChA OʻTKAZILGAN BELLAShUV OʻQUVChILAPNI YaNA HAM ChUQUP BILIM OLIShGA PUHLANTIPDI

ANIQ FANLAP BOʻYIChA OʻTKAZILGAN BELLAShUV OʻQUVChILAPNI YaNA HAM ChUQUP BILIM OLIShGA PUHLANTIPDI

Maktablarda oʻtgan oy davomida aniq fanlar oyligi munosabati bilan ochiq oʻquv mashgʻulotlari, turli tadbirlar, bellashuvlar, zakovat oʻyinlari tashkil etildi.

Qilichboy ovulining Yuqori qishloq mahallasida joylashgan 8-sonli maktabda fevral oyi davomida aniq fanlar oyligiga doir koʻplab tadbirlar oʻtkazildi.

Fan oyligi doirasida boʻlib oʻtgan 2 ta 6-sinflar, 2 ta 7- va 2 ta 8-sinflar oʻquvchilari orasidagi bellashuvda esa oʻquvchilarning aniq fanlarni qanday egallayotgani sinovdan oʻtkazildi.

Ushbu bellashuvda dastlab sahnaga 2 ta 6-sinflar oʻquvchilari chiqishdi va ular oʻz guruhlarini “Al Beruniy” deb nomladilar. Ular oʻz guruhini tanishtiruv, Al Beruniy va Al Xorazmiy hayoti va faoliyati haqida qiziqarli va koʻp maʼlumotlar aytish, matematikaga oid sheʼrlar aytish, sonlar qatnashgan maqollar aytish, tezkor savollarga javoblar aytish, krossvord yechish shartlari boʻyicha oʻz bilimlarini namoyish etdilar.

Erkin mavzu boʻyicha esa oʻquvchilar oʻzining alohida qobiliyatlarini namoyish etib, raqs ijro etdilar.

Ayniqsa, koʻzi bogʻlangan holda geometrik figuralar chizish sharti juda hayajonli boʻldi. Oʻquvchilar bellashuv davomida ustozlari Qunduz Abdullayeva, Aminboy Jumamudorovlarning aniq fanlar boʻyicha oʻtgan dars mashgʻulotlarini yaxshi oʻzlashtiribgina qolmay, fanga doir qoʻshimcha qoʻllanmalarni ham oʻqib-oʻrganib, bilimini oshirib borayotganliklarini namoyish qildilar.

Dilmurod Tursunboyev, Shahlo Oʻrozboyevalar aniq fanlardan taʼlim berayotgan 2 ta 7-sinflar oʻquvchilari esa beshta shart – guruhlarning oʻzini tanishtirishi, topishmoqlar javobini topish, amaliy mashgʻulot va belgilarni topish kabi erkin mavzular boʻyicha bellashdilar.

Bunda dastlabki shartda guruhlar oʻz safidagi oʻquvchilarga, guruhi nomiga izoh berishib, bellashuvga chiqishdan maqsadlarini bayon etishdi. Shuningdek, informatikaga doir topishmoqlarga javob berishda oʻquvchilarning oʻz bilimlarini tezkor va aniq ifodalab bera olishi namoyon boʻldi. Amaliy mashgʻulotlar bahsi yana ham qiziqarli tus oldi. Fanga doir bilimlar, mantiqiy fikrlash qobiliyati ustun oʻquvchilar uchun bu topshiriqlar ham unchalik qiyinchilik tugʻdirmadi.

Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, bugungi kunda tumanimizning eng chekka hududlaridagi maktablar ham zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari bilan taʼminlangan. Oʻquvchilar bu texnologiyalarni puxta egallab, kelajak sari dadil qadamlar qoʻyishmoqda.
Ushbu bellashuvning “Belgilarni top” shartida oʻquvchilar kompyuterda berilgan mavjud manzaraning belgilarini topib, taqdimot qilishgani ham oʻquvchilar ushbu texnologiyalarni qay darajada egallaganini koʻrsatdi.

“Goʻzallik” va “Haqiqat” deb  oʻz guruhlarini nomlagan 2 ta 8-sinflar oʻquvchilarining bahsi ham juda qiziqarli oʻtdi. Toʻlgʻonoy Jumaniyozovaning aniq fanlardan dars berayotgan sinflar oʻquvchilari ham bellashuv davomida gʻoliblik sari dadil intilib, oʻz bilim va salohiyatini namoyish etdilar.

Ushbu bellashuvlar oʻquvchilarning olgan bilimlarini baholash bilan birga ularni bilim asoslarini yana ham chuqur egallashga ruhlantirdi.

O.PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026