22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:44
Fan va taʼlim 👁 422

“AJOYIB MATEMATIKA” TADBIRI MATEMATIKAGA DOIR BILIMLARNI YaNADA BOYITDI

“AJOYIB MATEMATIKA” TADBIRI MATEMATIKAGA DOIR BILIMLARNI YaNADA BOYITDI

Tumanimizdagi barcha umumiy  oʻrta taʼlim maktablaridan boʻlganidek, 14-sonli maktabda ham fevral aniq fanlar  oyligi deb belgilanganligiga muvofiq turli tadbirlar tashkillashtirildi. Oylik doirasida ochiq oʻquv mashgʻulotlari, koʻrgazmalar, turli bellashuvlar va boshqa tadbirlar oʻtkazildi.

Oʻqituvchilarning oʻz faniga ijodiy yondashuvi, interfaol usullarni qoʻllay olishi va dars mashgʻulotlarini oʻquvchilar uchun  qiziqarli tarzda olib bora olishi jiddiy sinovlardan oʻtkaziladigan, oʻquvchilarning kundalik mashgʻulotlarni qay darajada egallayotganini koʻrsatadigan oylik doirasidagi tadbirlarda maktabdagi barcha sinflar qamrab olindi. Fan oʻqituvchilari tomonidan tashkil etilgan tadbirlar va bellashuvlarda, ochiq oʻquv mashgʻulotlarida oʻquvchilarning faol ishtiroki taʼminlanib, fanga boʻlgan qiziqishlari yanada oshirildi.

14-sonli maktabda mazkur fan oyligi munosabati bilan aniq fanlar oʻqituvchilari Alibek Bekmurodov, Shavkat Madatovlar rahbarligida tashkil etilgan tadbir esa “Ajoyib matematika” deb nomlandi.

Tadbir matematika fanini oʻrganishning ahamiyati haqida maʼruza  bilan boshlandi. Aynan aniq fanlarga ixlos qoʻygan yuqori sinflar oʻquvchilari orasidagi bellashuvga qizgʻin tayyorgarlik koʻrilgani jarayonda yaqqol namoyon boʻldi. Bunda ular Al Beruniy va Al Xorazmiy nomli guruhlarga boʻlinib, matematika va informatika fanlaridan olgan bilimlari boʻyicha oʻzaro kuch sinashdilar.

Jamoalar birinchi shartga koʻra sahnada jamoasi nomini sharhlab berdilar va bellashuvga chiqishdagi maqsadlarini ifodalab, oʻzlarini tanishtirdilar. Ikkinchi shart “Aqlli boʻlsang, gʻolib boʻl” deb nomlandi. Bu shart asosida ikkala jamoa ham maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari va ota-onalar koʻz oldida gʻolib boʻlishga, matematika bilimdoni ekanligini isbotlashga zoʻr kuch bilan intildilar. Bunda oʻquvchilar tafakkurini sinaydigan rasmlar qoʻyilib, farqlarini topish topshirildi.
Berilgan harflardan boshlanuvchi matematik terminlar yozish boʻyicha oʻtkazilgan uchinchi shart ham qiziqarli va hayajonli boʻldi. Tezkorlik va topqirlik talab qilinuvchi bu shartni oʻquvchilar aʼlo darajada ado etdilar. Har ikkala jamoa aʼzolari matematik terminlarni koʻproq oʻylab topishga urinib, bir-biridan ortda qolmaslikka harakat qildilar.

Odatda maktabdagi dars mashgʻulotlarida aynan bir mavzu yuzasidan oʻquvchilarga darslik doirasida bilim beriladi. Agar  oʻqituvchi ijodiy izlanib, ixtisosligiga doir qoʻllanmalarni, yangiliklarni oʻqib borsa, bolalarga ham mavzu yuzasidan kengroq tushuncha, koʻproq maʼlumotlar bera oladi. Bunday bilimlar turli bellashuvlarda oʻz samarasini koʻrsatadi.

Aynan mazkur tadbirdagi shartlarning barchasida, ayniqsa, geometrik figuralar yasashda oʻquvchilarning aniq fanlar yuzasidan chuqur bilim olayotganliklari ayon boʻldi.

Buni bellashuvni xolis baholab borgan hakamlar ham alohida taʼkidlab oʻtishdi.

“Ajoyib matematika!” Tadbir nomi bunday nomlangani ham bejiz emas. Darhaqiqat, bu bellashuv ham ajoyib, qiziqarli va hayajonlarga boy boʻldi. Shu bilan birga nafaqat bellashuv qatnashchilarining, balki boshqa oʻquvchilarning ham matematikaga doir bilimlarni yanada boyitdi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026