22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 02:41
Fan va taʼlim 👁 432

Fizika taʼlimida yangi pedogogik texnologiyalarning ahamiyati

Fizika taʼlimida yangi pedogogik texnologiyalarning ahamiyati

Yurtimizda taʼlim sohasida tub oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda va bu sohada yangidan-yangi islohotlar olib borilmoqda. Umumiy oʻrta taʼlim oʻquv fanlari dasturlari, oʻquv adabiyotlari butunlay yangidan qayta ishlab chiqildi va kerakli oʻzgartirishlar kiritildi. Jumladan fizikani oʻqitish uslubida ham qator tajribalar toʻplandi va fanni oʻqitishda yangi pedogogik texnologiyalar joriy qilindi.

Fizika taʼlimida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Chunki fizika fanini faqatgina darslikdan oʻqib, yoki oʻqituvchining maʼruzasini tinglab oʻrganish mushkul. Taʼlim oluvchilarda yetarli darajada bilim va koʻnikmalar shakllanishi uchun ular tegishli hodisa va qonuniyatlar boʻyicha oʻz mustaqil fikrlarini bildirishlari, oʻqituvchi yoki boshqa oʻquvchilar bilan fikr almashishlari lozim boʻladi. Darsda oʻrganiladigan mavzuning mazmunini inobatga olgan holda, oʻquvchilardan kichik guruhlar tashkil etish, interfaol metodlardan foydalanish, koʻrgazma qurollari, taqdimotlar, slaydlar, multimedialardan foydalanib, darsni tashkil qila olish dolzarb sanaladi.

Bugungi kun fizika oʻqituvchisi oldida turgan dolzarb muammolardan biri taʼlimning zamonaviy texnologiyalarini loyihalash va uni oʻqitish amaliyotida qoʻllashdir. Fizika oʻqituvchisi oʻquvchilarga fizika fanidan zaruriy bilimlarni beribgina qolmay, ularda fanga nisbatan qiziqish uygʻota olishi kerakki, natijada bu sohada yaxshi mutaxassis, yetuk kadrlar yetishib chiqishiga erishilsin.

Hozirgi kunda dunyoning koʻplab rivojlangan mamlakatlarida oʻquvchilarning ilmiy faoliyatini, ijodkorligini oshiruvchi va shu bilan bir qatorda taʼlim-tarbiya jarayoninig samaradorligini kafolatlovchi yangi pedagogik texnologiyalarni qoʻllash borasida katta tajriba toʻplangan. Shu tajriba asosini tashkil qiluvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilib, bu metodlarni dars jarayoniga qoʻllay bilish bugungi zamon fizika oʻqituvchisi zimmasiga yuklatilgan yuksak vazifadir.
Fizika fan sifatida oʻtilgan vaqtdan boshlab fanning maʼlumotlar bazasi koʻpayib, katta hajmni tashkil etmoqda va u yuqori tezlikda yil sayin boyib boryapti.

Shu sababdan fizikani oʻtish jarayonida faqat zaruriy axborotlarnigina tanlab olish va oʻquvchining oʻzlashtirish qobiliyatlariga mos holda maʼlumotlar hajmini miqdoriy oʻlchamga keltirish zarur.

Interfaol metodlarning turi va koʻrinishi kundan-kunga ortib, oʻzgarib bormoqda. Ijodkor oʻqituvchi bu metodlardan dars jarayonida unumli foydalana olishi fizika taʼlimining porloq kelajagini belgilaydi. Dars jarayonlarida qoʻllanadigan interfaol metodlar - “klaster”, “aqliy hujum”, “fikriy hujum”, “qarorlar shajarasi”, “qora quti”, “skarabey”, “baliq skeleti”, “nafis arra”, “yumaloqlangan qor oʻyini”, “muzyorar”, “nilufar guli”, “davra suhbati”, “BxBxB”, “Venn diagrammasi”, “zakovatli zukko”, “zig-zag” strategiyasi, “insert” strategiyasi, ”nima uchun?”, “qanday?” iyerarxik modellari va h.k.lar taʼlim samaradorligini oshirishga xizmat qilib kelmoqda.

Hozirgi davr oʻqituvchisining oʻtgan har bir darsi boshqa darsdan farq qilishi kerak. Darsni yangi pedagogik texnologiyalar, axborot vositalari, koʻrgazma qurollari asosida tashkil qilsak, bu dars qiziqarli, sifatli chiqadi va taʼlim samaradorligi kafolatlanadi.

Qolaversa, oʻquvchilarni muayyan mavzular bilan bogʻliq boʻlgan oʻquv muassasalari, labaratoriya inshootlari, elektr stansiyalari kabi joylarga sayohatga olib chiqish, fizika kechalari uyushtirish, oʻquvchilar oʻrtasida bellashuvlar tashkil qilish va bu tadbirlarni namunali oʻtkaza olish fizika oʻqituvchisidan ijodkorlikni, pedagogik mahorat egasi boʻlishni talab etadi.

 Vahobjon Davletov,
36-sonli maktabning Fizika fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026