Matematika fanidan ötkazilgan bellaşuvda öquvçilarning bilimlari sinab körildi
Umumtaʼlim maktablarida muntazam ravişda har bir öquv predmeti böyiça fan oyliklari ötkazib kelinmoqda. Fan oyligini ötkazişdan maqsad – dars va darsdan taşqari ötkaziladigan tadbirlarning taʼlim-tarbiyadagi ahamiyati, öquvçilarning mazkur fanga bölgan qiziqişlarini oşiriş, bilim samaradorligini oşiriş, hozirgi zamon fan va texnikasi yutuqlari bilan doimo tanişib boriş, örganişga bölgan intilişlarini östiriş, öqituvçi va öquvçining ijodiy hamkorligini tarğib etişdan iboratdir.
Şu maqsadda har oyda taʼlim muassaslarida fan oyligi tadbirlari taşkil qilinib kelinmoqda. Tumanimizdagi 57-sonli umumtaʼlim maktabida ham matematika va informatika fanlari oyligi munosabati bilan tadbir taşkil qilindi. Uşbu tadbirni taşkil qilişda maktabning matematika fani öqituvçisi Mahliyo Xudayberganova faollik körsatdi. Fan oyligi doirasidagi mazkur tadbir öquvçilarning matematika fanidan olgan bilimlarini sinaş maqsadida bellaşuv tarzida ötkazildi. Bellaşuvda yuqori sinf öquvçilarining bilimlari hamda qobiliyatlari yettita şart asosida sinovdan ötkazildi.
Maktab direktori Maşarif Rözmetov bellaşuvni kiriş sözi bilan oçib, matematika fanini örganişning inson hayotidagi ahamiyati haqida gapirib, biz buyuk matematik olimlar avlodi ekanimizni, ularga munosib farzand bölişimiz lozimligini alohida taʼkidladi. U öquvçilarni matematika fanini çuqurroq örganişga, uning oçilmagan qirralarini oçişga, respublika va xalqaro olimpiadalarda iştirok etib, yurtimiz bayroğini köklarga kötarişga daʼvat qildi. Şuningdek, maktab direktori örinbosarlari Jasur Örozboyev, Jahongir Yusupovlar, ruhşunos Anora Jumanova hamda tarix fani öqituvçisi Rasul Bozorboyevlar ham fan oyligi doirasida ötkazilayotgan tadbirlarning ahamiyati haqida öz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Şundan keyin şartlar maʼlum qilinib, bellaşuv boşlab yuborildi. Bellaşuvda barça jamoalar faol iştirok etib, bir-biridan ortda qolmaslikka harakat qildilar. Öquvçilar özlarining matematika fanidan olgan bilimlarini tölaqonli namoyiş etdilar. Tabiiyki, öquvçilarning fan böyiça egallagan çuqur bilimlari matematika fani öqituvçilarining maşaqqatli mehnatlari samarasidir. Ustozlarning mehnatlari mahsulini namoyon qilişlari uçun esa fan oyliklari tadbirlarini taşkil qiliş ayni muddao böladi.
Şu örinda taʼkidlaş kerakki, fan oyliklari doirasida amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar fan böyiça öquv-metodik işlarni jonlantiriş, öqituvçilar ijodiy faoliyatlarini kuçaytiriş, izlanuvçan, ijodkor öqituvçilarni aniqlaş, ularning tajribalarini örganiş va tarğibot qiliş, taʼlim jarayonida qöllayotgan uslublarini takomillaştirişdan iboratdir.
Uşbu masʼuliyatli vazifalarni amalga oşiriş barça taʼlim sohasi fidoyilaridan katta kuç-ğayrat hamda şijoat talab qiladi. Şuningdek, fan oyliklari doirasida amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalarni bajariş jarayonida fan öqituvçilari örtasida özaro hamjihatlik va hamkorlik aloqalari ham mustahkamlanadi.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶