11-MAKTABDA ANIQ FANLAR BÖYIÇA FESTIVAL BÖLIB ÖTDI
Fan oyliklari iqtidorli öquvçilarning qobiliyatlarini maʼlum bir maqsadga yönaltiriş, isteʼdodli, izlanuvçan, ijodkor öqituvçilarni aniqlaş, ularning tajribalarini örganiş va umumlaştirilgan holda tarğibot qiliş maqsadida ötkaziladi. Şuningdek, ulardagi ijodiy qobiliyatlarni östiriş, taʼlim-tarbiya jarayonida qöllanilayotgan metodlarni takomillaştirişda ham oylik doirasida ötkazilayotgan tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi.
11-sonli umumiy örta taʼlim maktabi tumanimizdagi taʼlim-tarbiya işlari yaxşi yölga qöyilgan namunali maktablardan sanaladi.
Ayni kunda uşbu maktabda 940 nafar öquvçilarga 85 nafar malakali pedagoglar taʼlim-tarbiya berişmoqda. Öquvçi-yoşlarning dars maşğulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlaş, intellektual salohiyatini yuksaltiriş maqsadida 14 ta fan tögaraklari va Yurtboşimizning yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş borasida belgilab bergan beşta taşabbusi ijrosini taʼminlaş yuzasidan ham tögaraklar faoliyati yölga qöyilgan.
Mazkur muassasada taʼlim olayotgan öquvçilarga motivatsiya beriş, ularni ilm olişga, öqiş-örganişga yana ham ruhlantiriş maqsadida turli muhim sanalar, qutluğ kunlarni munosib nişonlaş yaxşi anʼanaga aylangan. Şuningdek, öquv yili davomidagi fan oyliklarida öqituvçilar faoliyati samarasini körsatuvçi, öquvçilarning fanlarni qay darajada egallayotganini namoyon etuvçi köplab tadbirlar ötkazilmoqda.
Yakunlangan oyda aniq fanlar oyligi doirasida ham köpgina tadbirlar taşkil etilib, erişilayotgan natijalar maktab öqituvçilar jamoasi, öquvçilarning ota-onalari iştirokida muhokama etilib, ijobiy fikrlar bildirildi.
Maktab aniq fanlar uslubbirlaşmasining rejasiga asosan oylik doirasida Muyassar Zarekeyeva va Gulçehra Qurbonboyevalarning oçiq darslari ötkazildi. Unda iştirok etgan öqituvçilar fan öqituvçilarining darsni qiziqarli va tuşunarli tarzda taşkil eta olişiga, öquvçilar eʼtiborini torta olişiga ulkan baho berdilar.
Şuningdek, fan oyligi doirasida ötkazilgan yakuniy festival ham barça öquvçilarda ulkan tassurotlar qoldiriş bilan birga matematikaga oid bilimlari kengayişi va mustahkamlanişiga asos böldi.
Tadbirni maktab direktori Zulfiya Yusupova oçdi va hayotimizda aniq fanlarni örganişning ahamiyati haqida gapirib, öquvçilarni maktabda yaratilgan şaroitlardan unumli foydalangan holda çuqur bilim olişga çaqirdi.
Festival öquvçilarning matematikaga oid sahna körinişi bilan boşlandi. Şuningdek, sahnada saf tortib turgan bilimdon öquvçilar namoyiş etilgan turli geometrik şakllarga taʼrif berdilar.
8-sinf öquvçilari ijro etgan “Amudaryom” qöşiği tadbir şukuhini yana ham oşirdi.
Bayramona tarzda ötkazilgan aniq fanlar festivalida Munira Bahromova, Ixlos Omonkeldiyev, Abdulaziz Qurbonboyevlar, ayniqsa, faol qatnaşib, öz iqtidorlarini namoyiş etdilar.
Tadbir barçada ulkan taassurotlar qoldirdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶