ONAJONLAP MEHPI VA QUYoŞ TAFTI BILAN NUPAFŞON BÖLGAN DAVPALAP
Inson uçun hayotda aziz va mehribon onadan uluğroq zot yöq. Şuning uçun qiynalgan paytimizda ham, quvongan damlarimizda ham eng avval onamizni yöqlaymiz, uning dardimizga darmon bölguvçi har bir sözidan, mehr-muhabbatidan jismimizga kuç yiğiladi, ğamlarimiz tökilib, dilimiz yayraydi. Quvonç-u şodligimiz esa onalarimizni baxtga burkaydi. Özimizdan ham köra köproq onajonlarimiz quvonadi.
Qizilçoli mahallasi hududidagi 9-sonli umumtaʼlim maktabida ötkazilgan “Siz quyoşsiz, Onajon!” deb nomlangan bayramona tadbirda haqiqatan ham mahallaning pir-u badavlat onaxonlari qalbi quvonç va şodlikka belandi. Buning boisi bor, albatta.
Avvalo, tadbirga taşrif buyurgan onaxonlar özlariga körsatilgan eʼtibor va eʼzozdan mamnun bölgan bölsalar, öğil-qizlari va nevaralarining qobiliyat va iqtidorlarini körişib, qalblari faxr-u iftixor tuyğulariga, quvonçga töldi.
Maktabning 2-“A”sinf rahbari Nazokatxon Ibragimovaning öz öquvçilari bilan birgalikda tayyorlagan “Siz quyoşsiz, Onajon!” nomli adabiy-musiqiy tadbirini maktab direktori Xayrulla Ötaganov oçdi. U mahallada istiqomat qiluvçi pir-u badavlat onaxonlar nomini alohida hurmat bilan tilga olib, barçalariga mustahkam soğlik, omonlik tiladi.
Şundan söng, öquvçilar buvijonlari va onajonlariga bağişlab, şeʼrlar aytişdi, aziz va muhtarama onaxonlarga gullar hadya etişdi.
Tadbirning ikkinçi qismida 2-“A”sinfning eng aʼloçi va faol öquvçi-qizlari örtasida bilimdonlik, orastalik, kitobxonlik va epçillik bahslari ötkazildi.
Azal-azaldan özbek oilalarida qiz bola tarbiyasida axloqiy jihatga alohida eʼtibor qaratib kelingan. Şu nuqtai nazardan bahslarda qizaloqlarning salomlaşiş odobiga ahamiyat qaratildi. Iştirokçilar salomlaşiş odobining nozik jihatlari – salomni töliq beriş, muomala madaniyati, salomlaşiş paytida özini qanday tutişi zarurligini öz harakatlari orqali ifoda etişdi.
Ikkinçi şartda esa qizlarning til örganiş qobiliyatlari sinovdan ötkazildi. Ular öz oilalari haqida özbek, qoraqalpoq, qozoq, rus va ingliz tillarida hikoya qilib berişdi. Uçinçi şartda 5 ta taşabbusning muhim yönalişi – yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkazişlari, kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş masalalariga eʼtibor qaratilib, tezkor savol-javoblar asosida öquvçilarning bilimdonliklari sinovdan ötkazildi. Bu şartda qizaloqlarning kitobxonlik darajasiga, şuningdek, umumtaʼlim fanlarining 2-sinflariga möljallangan dasturini qay darajada özlaştirayotganliklari namoyiş etildi.
Bahslarning törtinçi, yaʼni oxirgi şarti yanada hayajonli daqiqalarga boy böldi. Erkin mavzu böyiça öz iqtidorlarini körsatgan qizaloqlarning mahoratidan ularning ota-onalari, buvijonlari ham mamnun bölişdi. Bahslar yakunida iştirokçilar “Eng zukko qiz”, “Eng çaqqon qiz”, “Eng bilimdon qiz”, “Eng orasta qiz” va “Eng oqila qiz” yönalişlari böyiça taqdirlandilar. Ularga mahalla faoli, fermer Jörabek Ğoyibov öz sovğalarini topşirdi.
“Siz quyoşsiz, Onajon!” tadbirida ota-onalar ham faol iştirok etişdi. Qalblarga jöşqinlik bağişlovçi “Lazgi”, “Surnay navosi” kuylari jaranglab, barça şod-u xurram raqsga tuşdilar.
Bayram tadbiri haqiqatan ham onajonlar mehri va şu kuni samoni, borliqni öz nurlari ila çaroğon etgan quyoş tafti bilan nurafşon, fayzli ötdi.
P.YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶