Fizika fan oyligida bellaşuv ötkazildi
Bugungi taraqqiyot zamonida har bir sohada katta yutuq va ulkan marralar közlanib, salmoqli işlar olib borilmoqda. Barça sohalar qatorida taʼlim yönalişidagi keng kölamli islohotlarni ham alohida eʼtibor bilan tilga oliş joiz. Ayni paytda har bir fanni mukammal öqitişni taşkil qiliş hamda ularning sohadagi yutuqlarini sezilarli darajada oşiriş maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan yil oylari fanlar kesimida taqsimlanib, fan oyliklarini taşkil qiliş va amalda joriy etiş orqali samarali natijalarga erişilmoqda.
Fan oyligi doirasida tumanimizdagi 30-sonli umumtaʼlim maktabida fizika fanidan 7-sinflar örtasida bellaşuv ötkazildi. Mazkur bellaşuvni öquvçilarning fizika faniga bölgan qiziqişlarini yanada oşiriş, ularning şu davrgaça fan yuzasidan olgan bilimlarini sinovdan ötkaziş maqsadida maktabning yoş, yuqori bilim hamda salohiyatga ega bölgan, ijodkor, izlanuvçan öqituvçilaridan biri bölgan Gulasal Xalillayeva taşkil qildi.
Tadbirda maktabning 7-sinf öquvçilaridan iborat “Arximed”, “Yoş bilimdonlar”, “Nyuton” jamoalari fizika fani böyiça bellaşdilar. Bellaşuv “Taniştiriş”, “Krossvord yeçiş”, “Formulalar bilimdoni”, “Masalalar yeçiş”, “Savol-javob” şartlari asosida qizğin tarzda ötkazildi.
Aytiş joizki, fizika, kimyo, biologiya fanlari eksperimental fan bölganligi sababli, nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qöllaş könikma va malakalarini hosil qiliş hamda dars jarayonida öquv-laboratoriya jihozlaridan, körgazmali tajribalardan unumli foydalaniş alohida örin tutadi. Qolaversa, öquvçilarning böş vaqtlaridan unumli foydalaniş, fanni özlaştiriş samaradorligini oşiriş, tafakkurini yuksaltiriş uçun mazkur fanlar öqitilişida tögarak maşğulotlarini taşkil qiliş hamda masalalar yeçiş texnologiyalariga eʼtiborni qaratiş ham yaxşi natija beradi. Şuningdek, öquvçilarni uşbu fanlardan mustaqil va ijodiy fikrlaşga, tabiiy fanlarning turmuş va texnikadagi ahamiyatini bilişga örgatiş, xalq xöjaligida ulardan qöllaniş haqida tuşunçalar beriş ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bellaşuvning taniştiruv şartida öquvçilar buyuk fizik olimlar haqida qiziqarli maʼlumotlar berdilar. Öquvçilar taʼkidlaganlaridek, ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanikaning asosçisi Isaak Nyuton nafaqat fizika, balki butun ilm-fan tarixidagi eng maşhur olimlardan biri hisoblanadi. Isaak Nyutonning ilm-fanga, xususan matematika, fizika faniga qöşgan hissasi benihoyat ulkandir. U fizika va matematika fanlariga juda köplab qonunlarni va nazariyalarni kiritdi. Hayoti davomida fan sir-sinoatlarini, harakat va tortişiş qonunlarini, butun olam tortişiş qonuni, yoruğlik qonuniyatlari, yoruğlikning tarqalişini örgandi.
Şuningdek, öquvçilar biz buyuk qomusiy olimlarning ajdodi ekanligimizni, ajdodlarimiz fizika taraqqiyotida ham öçmas iz qoldirganligini faxr bilan eʼtirof etdilar. Xususan, eng maşhur fizik olimlaridan biri Abu Rayhon Beruniy özining aniq ilmiy qaraşlari orqali turli narsalarning oğirligini, yerning hajmini ölçaş, şafaqning xususiyatlarini, quyoş tutilişi va boşqa tabiiy hodisalarni örganişga muyassar bölganligini taʼkidladilar.
Darhaqiqat, Abu Rayhon Beruniyning ilmiy kaşfiyotlari oldida ğarbliklar ham hayron qolgan. Hatto şarqşunoslardan Edvard Saxu Beruniy zakovati haqida hayratlanib: «U tarixdagi eng ulkan aql egasidir», deb yozgan. Beruniyning narsalar ziçligini örganiş böyiça yasagan uskunasi bu sohadagi eng birinçi asbob hisoblanadi.
Bellaşuv juda qizğin, bahs-munozaraga boy böldi. Öquvçilar özlarining bilimdon, topqir, çaqqon, epçil ekanliklarini namoyiş qilişdi. Bellaşuvning “Krossvord yeçiş” şartida 7-“V” sinf öquvçilarining “Nyuton” jamoasi, “Formulalar bilimdoni” şartida 7-“B” sinfning “Yoş bilimdon” jamoasi, “Savol-javob” şartida 7-“A”sinfning “Arximed” jamoasi yuqori körsatkiçlarni qölga kiritişdi.
Musobaqaning yakuniy natijalariga köra 7-“A”sinfning “Arximed” jamoasi ğoliblikni qölga kiritdi.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶