22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:44
Fan va taʼlim 👁 478

Ingliz tili fanidan noanʼanaviy usulda namunaviy ochiq dars oʻtkazildi

Ingliz tili fanidan noanʼanaviy usulda namunaviy ochiq dars oʻtkazildi

Mamlakatimizda chet tillar, ayniqsa, ingliz tilini oʻrganish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Bugungi kunda maktabgacha taʼlim, maktab, oliy taʼlim muassasalarida ingliz tilini dunyo talablariga javob beradigan darajada oʻqitish asosiy vazifalardan biriga aylandi. Chunki til bilgan – el biladi. Ilm-fani, sanoati yuksak rivojlangan Xitoyda ingliz tilini oʻrganganlar va inglizcha soʻzlasha oluvchilar soni  100 million nafardan ortiq ekan.

Bu, albatta, oʻz-oʻzidan Xitoyning bugungidek darajaga yetishida ingliz tili qanchalik katta rol oʻynaganini koʻrsatadi.

Tumanimizdagi 55-sonli maktabda shu yil 12-mart kuni ingliz tili oʻqituvchisi Barchinoy Sobirovaning noanʼanaviy usulda oʻtkazgan namunaviy ochiq darsi muqaddimasida oʻquvchilarga bu haqda batafsil maʼlumot berildi, tilni oʻrganish borasida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarining roli batafsil tushuntirildi.

“Qanday qilib plagiatlikning oldini olish mumkin” deb nomlangan ushbu namunaviy ochiq darsni maktab oʻqituvchilari, maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Dilfuza Oʻrozboyeva, uslubbirlashma raisi Oysuluv Omonova, ingliz tili fani oʻqituvchilari Nazokat Ollamberganova, Shahodat Qurbonova, maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Bahrom Hikmatullayevlar kuzatib, tahlil qilib bordilar.

Muallim mazkur darsida mavzu yuzasidan oʻquvchilarga toʻla tushuntirish berishga intildi. Dars axborot-komunikatsion texnologiyalar vositalaridan foydalanilgan holda oʻtildi va oʻqituvchi maʼruzasidagi eʼtiborli jihatlar elektron doskada oʻz ifodasini topdi. Mavzu taqdimoti tugagach, pedagog guruh boʻlib ishlash metodidan foydalangan holda oʻquvchilarni guruhlarga ajratdi va mavzuni mustahkamlash uchun savol-javob usulidan foydalanib, mashqlar bajarishga jalb etdi.
Namunaviy ochiq darsni oʻquvchilar qay darajada oʻzlashtirganliklarini aniqlash maqsadida ogʻzaki savol-javoblar ham amalga oshirildi. Bunda oʻquvchilar Hamida Qoʻchqorova, Islombek Koʻklanboyev, Umida Erdosheva, Azamat Kenjayev, Nodirbek Ahmedovlar faol qatnashdilar va oʻzlarining bilimdonligini, zukkoligini yaqqol namoyish etdilar.

Namunaviy ochiq dars kuzatuvchilari dars soʻnggida Barchinoy Sobirovaning noanʼanaviy usulda oʻtgan ushbu darsida mavzu toʻliq ochib berilganligini, mashgʻulot davomida oʻquvchilarning eʼtiborini torta olganligini va yaxshi oʻzlashtirishlariga erishganligini, bu savollarga oʻquvchilarning dadil va aniq javob berishga intilganlarida namoyon boʻlganligini taʼkidladilar. Va yana taʼkidlandiki, dars jarayonini oʻquvchilar uchun qiziqarli mashgʻulotga aylantirish oʻqituvchi mahoratini belgilaydi.

Ingliz tili dunyo ilm-fanini oʻrganish sari yoʻl ochadigan muhim vosita ekan, uni oʻquvchi-yoshlarga puxta oʻqitish, oʻrgatish ham dolzarb vazifalar. Bu yoʻlda eng samarali usullardan foydalana olish ham muhim.

Aytish mumkinki, bu borada 55-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar ibratga loyiq.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026