TABIIY FANLAR OYLIGI DOIRASIDAGI OÇIQ DARS VA TÖGARAK MAŞĞULOTLARI ÖQITUVÇI MAHORATINI VA ÖQUVÇILAR BILIMINI OŞIRDI
Mart - tabiiy fanlar oyligi sifatida umumtaʼlim maktablarining uşbu fanlar öqituvçilari uçun ham, tabiiy fanlarga qiziquvçi öquvçilar uçun ham qiziqarli taassurotlarga boy böladi. Taʼlim muassasalarining uslubbirlaşma rahbari tomonidan amaliy maşğulotlarga asoslangan dars işlanmalari yuzasidan tajriba-almaşuv soatlari, şuningdek, oçiq darslar ötkazilişi anʼanaga aylanganligi boisdan oylik doirasida bunday tarzdagi maşğulotlar ham taşkil etiladi.
Tumanimizdagi 6-sonli umumtaʼlim maktabining kimyo fani öqituvçisi Rufat Şomurodov öz darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalangan holda mavzuni töliqroq oçiş maqsadida laboratoriya maşğulotlarini ayrim holatlarda tabiat bağrida ötkazişga harakat qiladi. Ayniqsa, tuproq tarkibini aniqlaş, oqar suvning kimyoviy xossalari, jonli tabiatda fasllar özgarişi bilan sodir böladigan hodisalarning kimyoviy xususiyatlari haqida öquvçilarga qiziqarli maʼlumotlar berib boradi. Öqituvçining bu şaklda dars ötiş uslubi öquvçilarda kimyo faniga bölgan qiziqişni yanada oşirib, ularning har bir mavzuni hayotiy misollar vositasida idrok etişini taʼminlamoqda.
Fan oyligi munosabati bilan ötkazilgan oçiq darsda kimyo va biologiya fanlarining özaro yaqinligi, tabiatda keçayotgan kimyoviy va biologik jarayonlarning uzviyligi qiziqarli maʼruzalar va laboratoriya maşğulotlarida zanjirli reaktsiyalar asosida tuşuntirib berildi. Xususan, tabiatda jonlaniş keçayotgan ayni paytdagi jarayonlarga öquvçilarning eʼtibori jalb etildi. Kunlar isişi, yerga quyoş nurining taʼsiri tufayli yuz beradigan yerdan hovur kötarilişi, yaʼni namlik va buğlaniş jarayonlarida sodir böladigan kimyoviy hodisalar misollar, masalalar yeçiş orqali öquvçilarga namoyiş etildi. Uşbu jarayonlarda Mendeleyev davriy sistemasidagi qaysi elementlar iştirok etişi xususidagi savollarga öquvçilar aniq va puxta javoblar berişdi.
Şuningdek, tabiiy fanlar uslubbirlaşmasi rejasiga muvofiq ötkazilgan “biologiya fani bilimdonlarimiz” mavzusidagi oçiq dars ham qiziqarli savol-javoblarga boy böldi. Bunda öquvçilar özlarining biologiya fanidan olgan bilimlarini tögarak va laboratoriya maşğulotlari orqali namoyiş etişdi. Xususan, tabiatda yuz beradigan fotosintez hodisasi, karbonat angdrid gazining parçalanişi va kislorod hosil bölişi jarayonlari xususidagi öz bilimlarini mustahkamladilar. Bundan taşqari, inson organizmining genetik xususiyatlari, RNK va DNK zanjiri, insonning immun tizimi haqidagi savollar doirasida xotira-sinov maşqlari ötkazildi.
Bölib ötgan oçiq darslar umumlaştirilib, tabiiy fanlar öqituvçilari mahorati va öquvçilarning özlaştiriş darajalariga baho berildi.
Şunisi ahamiyatliki, tabiiy fanlar oyligi doirasida maktabda ötkazilgan barça tadbirlarda fan öqituvçilari ilğor innovatsion pedtexnologiyalardan samarali foydalanganlari bois, öquvçilarning har bir mavzuni qunt bilan özlaştirişlari uçun imkoniyat yaratildi.
Bu kabi tadbirlar tabiiy fanlar uslubbirlaşmasi tomonidan nafaqat fan oyligi doirasida, balki yil davomida amalga oşiriladi. Şu bois, maktab öquvçilari orasida tabiiy fanlar böyiça, ayniqsa, kimyo fanidan ötkaziladigan fan olimpiadalarining tuman va Respublika bosqiçi ğoliblari bor. Xususan, kimyo fani öqituvçisi Rufat Şomurodovning öquvçilari orasida mamlakatimizdagi eng nufuzli Oliy öquv yurtlarida taʼlim olayotgan yoşlar talaygina. Bunda, albatta, nafaqat fan öqituvçisi, balki tabiiy fanlar böyiça uslubbirlaşma tomonidan olib borilayotgan rejaviy tadbirlar, öquvçilar bilimini oşirişga qaratilgan mazmunan boy oçiq darslar, tögarak maşğulotlarining ham ahamiyati katta.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶