21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:22
Iqtisodiyot 👁 396

AFFINAJ FAOLIYaTINI LITsENZIYaLASh TARTIB-TAMOYILLARI

AFFINAJ FAOLIYaTINI LITsENZIYaLASh  TARTIB-TAMOYILLARI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 2019-yil 18-maydagi PF-5721-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasining “Affinaj faoliyatini litsenziyalashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻriida”gi 86-sonli karori qabul qilingan.

Qarorga muvofiq affinaj faoliyatini litsenziyalash  2020-yilning 15-martidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan beradigan litsenziya asosida yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.

Aaffinaj faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tomonidan beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashga roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi beriladigan ish turlari (faoliyat turlari guruhlari doirasida) roʻyxatiga muvofiq tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan xom-ashyo bilan ishlashga Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan avval berilgan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi asosida faoliyat koʻrsatadigan yuridik shaxslar ushbu faoliyat turini roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasining amal qilish muddati tugagunicha litsenziya olmasdan amalga oshirish huquqiga ega.

Affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya 10-yil muddatga, keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan beriladi.

Affinaj faoliyati yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi (oilaviy korxonalar bundan mustasno).

Affinaj faoliyati qimmatbaho metallarni qayta ishlash va ajratib olish, ularni qaytarib bermaslik yoki affinaj qilingan holda qaytarib berish xizmatlarini oʻz ichiga oladi.

Foydali qazilmalarni qazib olish uchun yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish uchun litseziyaga ega bulish kerak. Affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya faqat faoliyat litsenziyada koʻrsatilgan joyda amalga oshirilganda haqiqiy hisoblanadi. Agar litsenziat tomonidan litsenziyada koʻrsatilmagan boshqa joyda tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan ikkilamchi resurslarni, parcha va chiqindilarni sotib olish va sotish, toʻplash, qismlarga ajratish, dastlabki ishlov berish, saralash punktlari tashkil qiligan hollarda, litsenziat qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toshlar bilan ishlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasini oladi.

Affinaj faoliyatini amalga oshirishda quyidagilar qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtirilmaydigan va (yoki) ustav fondida davlat ulushiga ega boʻlmagan yoki ulushi 50 foizdan kam boʻlgan yuridik shaxslar uchun:

litsenziatga affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun mulk huquqida tegishli boʻlgan texnologik uskunalar va boshqa texnik vositalarning mavjudligi;

qimmatbaho metallarning foiz tarkibini aniqlash uchun tegishli uslublarga ega va davlat qiyoslovidan oʻtgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan kimyo laboratoriyasining mavjudligi;

prekursorlar aylanmasi, ulardan foydalanish va ularni saqlash bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaning mavjudligi;

davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi;

mineral xom-ashyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarga dastlabki ishlov berish sohasida maxsus bilimga yoki koʻnikmalarga ega boʻlgan xodimlarning shtatda mavjudligi;

barcha operatsiyalar boʻyicha ishlarni tartibga soluvchi ishlab chiqilgan (mustaqil ravishda yoki professional mutaxassislarni jalb qilgan holda) texnik hujjatlarning mavjudligi;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan va (yoki) ustav fondida 50 foizdan ortiq davlat ulushiga ega boʻlgan yuridik shaxslar uchun:

litsenziatga affinaj faoliyatini amalga oshirish uchun operativ boshqarish yoki xoʻjalik yuritish huquqi asosida tegishli boʻlgan zamonaviy texnologik uskunalar va boshqa texnik vositalarning mavjudligi;

qimmatbaho metallarning foiz tarkibini aniqlash uchun tegishli uslublarga ega va davlat qiyoslovidan oʻtgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan kimyo laboratoriyasining mavjudligi;

mineral xom-ashyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarga dastlabki ishlov berish sohasida maxsus bilimga ega boʻlgan xodimlarning shtatda mavjudligi;

prekursorlar aylanmasi, ulardan foydalanish va ularni saqlash bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaning mavjudligi;

davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi;

barcha turdagi operatsiyalar boʻyicha ishlarni amalga oshirishga talablarni, cheklovlar, sarflash normalari va yoʻqotish normalari tartibga solib turuvchi texnik hujjatning mavjudligi;

mineral xom-ashyo, qimmatbaho metallar, ikkilamchi resurslar, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qoldiqlari hamda chiqindilarini kirim qilish, sarflash, hisobga olish va saqlash tartibiga rioya qilish boʻyicha talablarni soʻzsiz bajarish;

xom-ashyodagi, yarim fabrikatlardagi, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi qimmatbaho metallarning kelib tushishini, sarflanishini va qoldiqlarini, shuningdek, ushbu qimmatliklar chiqindilari va yoʻqotishlarining qatʼiy hisobini yuritish;

qimmatbaho metallarning, shu jumladan mineral xom-ashyodagi, ikkilamchi resurslardagi, parchalar va chiqindilardagi, yarim fabrikatlardagi, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi, barcha saqlash joylaridagi va bevosita ishlab chiqarishdagi qoldiqlarni belgilangan muddatlarda xatlovdan oʻtkazish;

mineral xom-ashyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarni qayta ishlashni tartibga soluvchi zarur texnik hujjatlarning mavjudligi;

mineral xom-ashyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilar harakati haqida litsenziyalovchi organga har choraklik hisobotlarni belgilangan tartibda taqdim qilish.

Affinaj faoliyatini  davom kildirishi uchun avval berilgan litsenziyasining amal qilish muddati tugashiga uch oydan koʻp vaqt boʻlsa qayta rasmiylashtiriladi, aks holda yangi litsenziya olish talab qilinadi.

Nazokat Alliyazova, tuman Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026