“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL ÖYINI BILIMDONLAPNI ANIQLADI
Öquvçilarning fanlar böyiça olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan boğlaş, bilim, könikma va malakalarini şakllantiriş maqsadida fan oyliklari doirasida turli tadbirlar rejalaştiriladi.
Aniq fanlar oyligi munosabati bilan 16-sonli maktabda ham turli tadbirlar, oçiq darslar, körgazmalar, öquv seminarlari va festivallar taşkil etildi. Öquvçilarning matematik fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş maqsadida turli xil bellaşuvlar, noanʼanaviy oçiq darslar ötkazildi. Qolaversa, kompyuter savodxonligini oşiriş maqsadida taşkil etilgan “Kompyuter bilimdonlari” musobaqalarida ham öquvçilarning fanga bölgan qiziqişlari yanada ortdi.
Fan oyligi yakunida öquvçilarning mazkur fanlardan olgan bilimlarini sinovdan ötkazuvçi “Zakovat” intellektual öyini ham bölib ötdi. Bu tadbirni ötkazişdan maqsad öquvçilarning bilimi va tafakkurini sinovdan ötkaziş orqali ularning yangi ilm çöqqilarini zabt etişga undaşdir.
Matematika va informatika fanlari öqituvçilari Ötkir Xudoyberganov, Nargiza Ibodullayeva, Muhabbat Xidirova, Muxtor Habibullayev, Maxsuda Olimovalar hamkorlikda taşkil etgan bu öyinda maktabning 8-9-sinflari öquvçilari iştirok etdilar.
Ularga öyinda xalqaro “PISA” va “PIRLS” baholaş dasturlariga muvofiq tuzilgan mantiqiy hisoblaşga doir misol va masalalar berildi.
Aytiş joizki, kelgusi öquv yilidan uşbu Xalqaro baholaş dasturini amaliyotga joriy qiliş yuzasidan mamlakatimiz taʼlim tizimida köpgina çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Dastur haqida tört nomdagi metodik qöllanmalar çop etilib, tumanimizdagi barça maktablarga tarqatildi. Jarayonga tayyorgarliklar köriş yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.
Bundan taşqari, öqituvçilarda bu borada amaliy könikmalarni şakllantiriş maqsadida seminarlar ham ötkazilmoqda. Aytiş mumkinki, uşbu dasturlar öquvçilarning ijodiy va mantiqiy fikrlaş könikmalarini rivojlantirişga, şu orqali taʼlim sifatini oşirişga xizmat qiladi.
“Zakovat” intelektual öyinida savollar mazkur dasturlar test savollari asosida tuzilganligi bilan ahamiyatli böldi.
Öyinda iştirok etgan jamoalar bellaşuvi qiziqarli va murosasiz keçdi. Öyin davomida öquvçilar savollarga belgilangan muddat içida aniq va töla javob berişga intilişdi. Maktabning aniq fanlar uslub birlaşmasi raisi Feruza Yusupova boşçiligida aniq fanlar öqituvçilari tuzib çiqqan savollar yeçimi öquvçilarga unçalik qiyinçilik tuğdirmadi. Pedagogik jamoaning jamiyatga, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimdon, zakovatli avlodni tarbiyalaş borasida amalga oşirgan samarali mehnati öquvçilarning topqirliklarida, bilimdonliklarida yaqqol namoyon böldi. Intellektual öyin öquvçilarni aniq fanlarni yana ham qunt bilan örganişga qiziqişlarini oşirgani bilan ahamiyatli böldi.
Iştirokçilarning mahorati, bilimini hakamlar hayʼati odilona baholab bordilar. Yana şuni ham taʼkidlaş joizki, buningdek bellaşuvlar fan öqituvçilari darsi samaradorligini ham belgilab beradi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶