21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 20:09
Iqtisodiyot 👁 384

Sud raislari tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuv oʻtkazishdi

Sud raislari tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuv oʻtkazishdi

Tumanimizdagi “Mangʻit” dehqon bozori binosida sud raislarining tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda tuman Iqtisodiy sudi raisi Oʻtkir Sobirov, Fuqarolik sudi raisi Yerkin Uteniyazov, “Mangʻit” dehqon bozori masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi Shavkat Yangiboyev hamda hududda savdo bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Sayyor uchrashuv Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Pespublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi hamda “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunlari mazmun-mohiyatlarini tadbirkorlarga keng turda tushuntirish, ularning muammolarini, takliflarini oʻrganish maqsadida tashkil qilindi.

Uchrashuv munosabati bilan oʻtkazilgan yigʻilishni Shavkat Yangiboyev kirish soʻzi bilan ochib, ushbu uchrashuvni tashkil qilishdan koʻzlangan maqsad haqida maʼlumot berdi. Shuningdek, bugungi kunda yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yaratilayotgan imkoniyatlar xususida alohida toʻxtaldi.

Tuman Iqtisodiy sudi raisi Oʻtkir Sobirov “Tadbirkorlik subʼektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining asosiy mazmuni haqida soʻzladi. Sud raisi taʼkidlab oʻtganidek, mazkur Farmon jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash, sud-huquq tizimini yanada erkinlashtirish, nazorat organlarining tadbirkorlik subektlari faoliyatiga aralashuvini kamaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatining asossiz cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida qabul qilingan.

Ushbu qonun hujjatiga koʻra, tadbirkorlik subʼektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari, ular tomonidan tekshirish davomida soliq va valyutaga oid jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda esa – Oʻzbekiston Pespublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Shuningdek, sud raisi bugungi kunda mazkur Farmonga asosan, tadbirkorlik subektlariga huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash bilan bogʻliq ishlar iqtisodiy sudlar tomonidan koʻrib chiqilayotganligi va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilinayotganligini ham qayd etib oʻtdi.

Mazkur Farmon mazmun-mohiyati yuzasidan yigʻilganlarning savollariga javoblar berilganidan soʻng, “Bankrotlik toʻgʻrisidagi” hamda “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunlar xususida soʻz yuritildi.

Mutasaddilar “Bankrotlik toʻgʻrisidagi” ishlarni koʻrib chiqish tartibi haqida toʻxtalib, ushbu jarayonda jamoatchilikning oʻrni muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlashdi. Shu oʻrinda avvalo, har bir tadbirkor oʻz haq-huquqini bilishi lozimligini, buning uchun qonunlar, tegishli hujjatlar mazmun-mohiyatini oʻrganib borish zarurligini tushuntirishdi.

Soʻngra masʼullar “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonun haqida keng maʼlumot berib oʻtishdi. Ushbu Qonun hujjati 2017-yil 3-yanvar kuni qabul qilinib, 2019-yil 4-yanvar kunidan kuchga kirganligini, mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish, ularga imkoniyat yaratib berayotgan sabab va omillarning oldini olish boʻyicha bir qator Qonun va qonun osti hujjatlari qabul qilinganligini aytib, bu boʻyicha batafsil tushunchalar berishdi. Qolaversa, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari - aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida bu illatning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish ekanligini alohida taʼkidlashdi.

Aytish joizki, bunday uchrashuvlarni tashkil qilish mamlakatda qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlarni aholi oʻrtasida targʻib qilish qonun ustuvorligini taʼminlashga, qolaversa, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026