21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 23:18
Qishloq xoʻjaligi 👁 444

YaShIL HUDUDLAP TUMANIMIZ IQLIMI VA TABIATINI MUVOZANATGA SOLIB TUPADI

YaShIL HUDUDLAP TUMANIMIZ IQLIMI VA TABIATINI MUVOZANATGA SOLIB TUPADI

Oʻrmonlar – yashil boyligimiz. Ushbu yashil boylikning qadr-qimmatiga yetish, asrab-avaylash esa har birimizning zimmamizdagi burchimizdir. Mamlakatimiz hududidagi oʻrmonlar tabiiy koʻpayish xususiyatiga ega boʻlishiga qaramasdan mutaxassislar tomonidan ham oʻrmonzorlarni intensiv rivojlantirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshiriladi.

Tumanimiz hududidagi yirik Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligida amalga oshirilayotgan  keng koʻlamli ishlarning butun mazmun-mohiyati ham yashil hududlarni yanada kengaytirish, oʻrmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat. Umumiy yer maydoni 16540 gektarni tashkil etuvchi mazkur xoʻjalikning 3348,1 gektar yeri yashil oʻrmonzorlar bilan qoplangan. Qolgan yer maydonlarida yangi oʻrmonzorlar barpo etish, urugʻchilik va koʻchatchilik, qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va parvarishlash, dorivor oʻsimliklar urugʻlarini tayyorlash va ekish, shuningdek, qoʻshimcha tarmoqlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish yoʻnalishlarida ish olib boriladi.

Prezidentimizning 2019-yil 23-avgustdagi “Pespublikada oʻrmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir koʻzlangan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori va ushbu Qaror ijrosini taʼminlashga qaratilgan Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi va tuman hokimining qarorlariga muvofiq Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligida barcha ishlar xoʻjalik mutaxassislari tomonidan aniq va puxta reja asosida tashkil etilgan. Xususan, oʻtgan yil davomida oʻrmon barpo etish, urugʻchilik va koʻchatchilik yoʻnalishida  amalga oshirilgan ishlar samarali boʻldi. Yillik rejaga koʻra, 3650 kilogramm turli xil oʻrmon butalari urugʻi tayyorlanishi koʻzda tutilgan boʻlib, ayni kungacha 36456 kg, urugʻlar tayyorlandi. Shundan 35656 kg. saksovul, 1800 kg. qorabaroq urugʻlari terilib, Orolqum hududida barpo etilayotgan yashil hudud bunyodkorlariga yetkazib berildi.


Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi hududidagi qumloqlarda yangi oʻrmonlar barpo etish boʻyicha olib borilayotgan ishlar tufayli ayni paytda 28 gektar qumli hududga saksovul koʻchatlari oʻtqazilib, 45 gektar maydonga saksovul urugʻlari ekildi. Mavsum oxirigacha yana 27 gektar qumli hududga saksovul koʻchati va 45 gektar yerga saksovul urugʻlari ekilib, qumli hududlardagi saksovulzorlarni 145 gektarga yetkazish rejalashtirilgan.

Oʻrmonzorlar barpo etish va buyurtmachi tashkilotlarga zarur koʻchatlarni shartnoma asosida yetkazib berishga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Ayni paytda oʻrmon xoʻjaligidagi 3 gektarlik niholxonada saksovuldan tashqari, yapon saforasi, gledichiya, klen, dub, mojjevelnik, sharq tuyasi kabi noyob daraxt koʻchatlarining tumanimiz iqlim sharoitiga moslashtirilgan navlari parvarishlanmoqda. Ushbu koʻchatlar buyurtmachilarga oʻz vaqtida, sifatli yetkazib berilishi  uchun xoʻjalikda faoliyat yurituvchi 44 nafar malakali mutaxassis va ishchilar masʼul.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ajratilgan 6 gektarlik unumdor yer maydoni ayni paytda bahorgi ekish ishlariga tayyor holatga keltirildi. Oʻrmon xoʻjaligida ozuqabop oʻsimliklar, shuningdek, dorivor giyohlar ham parvarish qilinadi. Naʼmatak, tirnoqgul, yaʼni kalendula kabi dorivor oʻsimliklar yetishtiriladi. Xoʻjalik tomonidan 2020-yilda belgilangan reja asosida 90 tonna dorivor oʻsimliklar qismlari yigʻilib, qayta ishlovchi farmatsevtika sanoati korxonalariga yetkazib berish rejalashtirilgan.

Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi chetdan qaraganda faqat jaydari daraxtzorlardan va choʻl butazorlaridan iboratdek koʻrinadi. Lekin xoʻjalikning umumiy faoliyati bilan yaqindan tanishgan kishi bu hududda keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotganiga guvoh boʻladi. Shu bilan birga yil sayin rivojlanib borayotgan qoʻshimcha tarmoqlar – asalarichilik va parrandachilikning istiqboliga havas qilishi tabiiy. 132 ta oiladan iborat asalari uyalarida mavsumda moʻl va shifobaxsh, betakror oʻrmon asali yetishtiriladi. Yaqin vaqt ichida parrandalar umumiy sonini 1000 taga, mayda shoxli mollar sonini 111 boshga yetkazish taraddudini koʻrayotgan oʻrmonchilarning  rejalari katta. 0,07 ga maydondagi issiqxona xoʻjaligida esa 200 tup limon koʻchatlari barq urib rivojlanayotganidan dalolatki, oʻrmonchilar yaqin vaqt ichida limon yetishtirishning ham uddasidan chiqadilar.

Ochiq maydonlarda yetishtirilayotgan anor, anjir, daraxtlaridan tashqari tut, qayragʻoch, yasen, katalpa, tol, terak koʻchatlari tumanimiz fermer xoʻjaliklari hududlaridagi ariq va yoplar boʻyiga ekildi.

Har qanday sohaning taraqqiyotini yangi loyihalar, ishlab chiqarish quvvatlari belgilaydi. Buni yaxshi bilgan Qipchoq davlat oʻrmon xoʻjaligi mutaxassislari asalarichilikda yangi  loyihani amalga oshirdilar. Xoʻjalikda BMTning rivojlantirish loyihasi asosida qiymati 31 ming yevrolik asal va boshqa mahsulotlarni qadoqlash tsexi tashkil etildi. Mazkur tsex hajmi har xil shisha va plastmassa idishlarda tayyor mahsulotlarni qadoqlashga moʻljallangan.

Yashil oʻrmonzorlar – umumxalq mulki, uni asrash, boyitish har birimizning burchimiz. Shu bois, mazkur hududda oʻzboshimchalik bilan ov qilish, daraxt kesish, yaylovlarda ruxsatsiz chorva mollarini boqish, olov yoqish holatlariga qarshi muntazam ravishda profilaktik tadbirlar olib boriladi. Chunki bu yashil olamning ham oʻsimliklar dunyosini, ham hayvonot dunyosini biri-biriga mutanosib ravishda rivojlantirish soha xodimlarining zimmasidagi yuksak masʼuliyatdir.

Bu hududlar – nafaqat yashil boyligimiz, balki tumanimiz iqlimi va tabiatini muvozanatda saqlab turishga xizmat qiluvchi kislorod fabrikasidir. Unga ziyon yetkazishga hech birimizning haqqimiz yoʻq.

Pobiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026