21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 23:00
Qishloq xoʻjaligi 👁 460

Oqilona foydalanilgan tomorqadan oilaga ham, yurtga ham rizq-baraka keladi

Oqilona foydalanilgan tomorqadan oilaga ham, yurtga ham rizq-baraka keladi

Yurt boshiga ish tushgan ayni sinovli kunlarda sabr-toqatli boʻlish kerakligi, insonlarda ertangi kunga umid, ishonch tuygʻularini yanada mustahkamlash, qolaversa, mamlakatimizda joriy qilinayotgan karantin tartibiga rioya qilish zaruriyligi mutasaddilar tomonidan aholiga keng tushuntirilmoqda.

Tumanimiz xalqi juda mehnatkash. Hozirgi karantin davrida uyda qolib, vaqtdan unumli foydalanayotgan, oʻz tomorqasida mehnat qilib, ertangi kunining gʻamini koʻrayotgan yurtdoshlarimiz ham talaygina. Qilichboylik Saparboy Tilovov ham karantin paytida uyda qolib, tomorqasini yoʻlga qoʻyib oldi. Uning tomorqasida, issiqxonasida ayni paytda hamma ekinlar unib chiqmoqda va barvaj oʻsmoqda.

  Shu oʻrinda aytish joizki, mamlakatimizda keyingi yillarda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshdi.

Mehnatkash xalqimiz bugun oʻzining tomorqasini ham daromad manbaiga aylantirmoqda. Ayni paytda xonadonlarda barpo etilgan issiqxonalarda turli sabzavot mahsulotlari, tsitrus mevalar yetishtirish, parranda va chorva parvarish qilish odatiy tusga kirdi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi “Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga koʻtardi. Davlatimiz tomonidan tomorqa xoʻjaligini rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlashga eʼtibor kuchaytirilayotgani tufayli aksariyat xonadonlar oʻziga tegishli yer maydonlaridan unumli foydalanib, nafaqat oilasi daromadini oshirmoqda, balki bozor toʻkinligi va el-yurt farovonligiga katta hissa qoʻshmoqda.


Tomorqasi borning xazinasi bor deyishadi. Buning isbotini kichkina tomorqasida turli koʻkatlar, mevali daraxtlar etishtirayotgan, moʻʼjaz issiqxonalar tashkil qilib, farovon hayot kechirayotgan omilkor xonadonlar misolida koʻrish mumkin.
Saparboy Tilovovlar oilasi ham oʻz tomorqalarida mehnat qilib, tomorqasida mevalardan olma, uzum, nok, oʻrik, olcha va boshqalar, sabzavotlardan – kartoshka, sabzi, piyoz, bodring pomidor hamda koʻkatlar yetishtirishadi. Oʻzlaridan ortganini bozorga olib chiqib ham el farovonligiga hissa qoʻshishadi, ham oilasi uchun qoʻshimcha daromad topishadi. Oilaning barcha aʼzolari katta-yu kichik birdek bu ishga jalb qilingan.

Tomorqa — rizq-nasiba, moʻmay daromad manbai. Uning dasturxonimiz fayzu barakasi, aholi turmush farovonligi, yurt obodligini taʼminlashdagi oʻrnining esa qiyosi yoʻq. Hamma gap undan nechogʻli oqilona foydalana olishda.

Ch. Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026