21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 19:36
Jamiyat 👁 440

SINOVLI KUNLAPDA XALQ BILAN BIPGAMIZ, YeLKADOShMIZ

SINOVLI KUNLAPDA XALQ BILAN BIPGAMIZ, YeLKADOShMIZ

Mamlakatimizda aholining ish bilan bandligini taʼminlash, oʻzlari qiziqqan kasb yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy oʻqitish va qayta tayyorlash hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida olib borilayotgan ishlarning butun mazmun-mohiyati inson omiliga eʼtibor, uning osoyishta va farovon yashashini taʼminlashdan iborat.

Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2020-yil 14-mart kungi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5969-sonli Farmoni asosida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan inqirozga qarshi jamgʻarma hisobidan Jamoat ishlari jamgʻarmasiga qoʻshimcha 200 mlrd. soʻm ajratildi. Ushbu mablagʻlar ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarni ish bilan taʼminlash, shuningdek, mahallalarda qoʻshimcha infratuzilma obʼektlari va obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish hamda qurilish ishlariga yoʻnaltirilishi belgilandi. Mazkur chora-tadbirlarni sifatli bajarish maqsadida Bosh vazir rahbarligida Inqirozga qarshi respublika komissiyasi tuzildi. Ushbu komissiya ishchi guruhi tomonidan 22-martdan boshlab, ikki oy davomida har bir tuman va shaharda koronavirusga qarshi kurashish, sanoat, xizmat koʻrsatish, savdo, transport, logistika va boshqa korxonalarni barqaror ishlatishni taʼminlash maqsadida kamrab olinmoqda.

Shuningdek, Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyaning 2020-yil 27-martdagi 18-sonli bayoniga koʻra, koronavirus pandemiyasiga qarshi chora-tadbirlar amalga oshirilishi davrida ishsiz fuqarolar, chet davlatlarda ishlash uchun chiqib keta olmagan shaxslar va vaqtinchalik ishsiz qolgan xodimlarni jamoat ishlariga jalb qilishni kengaytirish uchun ruxsat berildi.

Koronavirus pandemiyasi sababli karantin qoidalari joriy etilishi munosabati bilan aholining ishsiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami boʻyicha tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan, hududlar boʻyicha mavjud holatlar oʻrganib chiqildi.


Bu borada Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan 2020-yil aprel oyida tumanda mavjud korxona va tashkilotlardan olingan yigʻma buyurtmanomalarga asosan jami 425 nafar fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish koʻzlanmoqda. Xususan, mahalla, ovul fuqarolar yigʻinlarida 264 nafar fuqaroni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga, tadbirkorlik subʼektlari tomonidan 78 nafar fuqaroni sanoat va xizmat koʻrsatish tarmoqlariga, fermer xoʻjaliklari tomonidan 57 nafar fuqarolarni qishloq xoʻjalik sugʻorish va ekish ishlariga, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi “Chorva nasl” markazi tuman boʻlimi  tomonidan 11 nafar fuqaroni naslli chorva mollarini sunʼiy urugʻlantirish ishlariga, shuningdek, tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi tomonidan 15 nafar fuqaroni koronavirus epidemiyasiga qarshi hududiy dezinfektsiya ishlariga jalb etish amalga oshirilmoqda.

Shuni alohida qayd etish kerakki, Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan ish bilan bandligi taʼminlanayotgan fuqarolarning koʻpchiligi oʻzlari egallagan  kasb-hunarlar boʻyicha ishga joylashish imkoniga ham ega boʻlishmoqda. Xususan, 45 nafar fuqaro tumanimizda bunyod etilayotgan maktab, infratuzilma obʼektlari hamda namunali uy-joylar qurilishlariga gʻisht teruvchi, beton qoruvchi, duradgor usta, montajchi kabi kasblar boʻyicha ishga joylashtirildi. Karantin qoidalari joriy qilingach, ishsiz qolgan 19 nafar ishsiz fuqarolar markaz tomonidan “Mangʻit invest plyus” MChJga 12 nafar fuqaro “Olloberganov Izzatjon” fermer xoʻjaligiga ishga joylashtirildi.

Qoʻshimcha ravishda tumanda ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarga yengil konstruktsiyali issiqxonalar oʻrnati,sh urugʻliklar, koʻchatlar va sugʻorish vositalarini xarid qilishlari uchun joriy yilning aprel oyida 21 nafar fuqaroga issiqxona oʻrnatish va 20 nafar fuqaroga sugʻorish vositasi sotib olish uchun subsidiya ajratish rejalashtirilmoqda.

Subsidiya – aholi bandligiga koʻmaklashish hududiy markazlari (ABKM), grantlar esa viloyat bandlik bosh boshqarmalari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va poytaxt bandlik boshqarmasi tomonidan beriladi.

Butun dunyoda insoniyat boshiga xavf-xatar solib  turgan, kun sayin qamrov maydoni kengayib borayotgan koronavirus pandemiyasi davrida tumanimiz aholisining ish bilan bandligini taʼminlash – avvalo ularning oila iqtisodini koʻtarishga koʻmaklashish boʻlsa, bundan ham muhimi, har bir insonning xotirjam, osoyishta yashashiga koʻmaklashishdir. Zero, Ibn Sino bobomiz aytganlariday: “koʻngil xotirjamligi yarim sogʻlik, sabr esa sogʻayish, sogʻlom hayot sari yoʻl”dir.

Xalqimiz sabr-bardoshi sinovdan oʻtayotgan ushbu kunlarda aholining ehtiyojmand, ishsiz qatlamini iloji boricha qoʻllab-quvvatlash, oilalari iqtisodini bir meʼyorda saqlab turishlari, koʻngillari xotirjam yashashlari uchun koʻmaklashish davlat idoralarining, shu barobarida har bir rahbar xodimning, har bir insonning zimmasidagi masʼuliyatli vazifasidir. Ana shu  masʼuliyatni qalban his etgan holda bugungi sinovli kunlarda biz xalq bilan birgamiz, yelkadoshmiz.

A.Sobirov,
tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026