22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:44
Fan va taʼlim 👁 462

11-mart kuni 16-maktabda ingliz tili fanidan ochiq dars mashgʻuloti tashkil qilindi

11-mart kuni 16-maktabda ingliz tili fanidan ochiq dars mashgʻuloti tashkil qilindi

Davrimizning oʻziga xos xususiyatlaridan biri boʻlgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida uning imkoniyatlaridan samarali foydalanilmoqda. Umumtaʼlim maktablarida ushbu vositalar yordamida taʼlim jarayoniga yangicha yondashilib, uni tashkil etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

XXI asr — yuksak texnologiyalar asri boʻlib, zamonaviy yoshlarimiz nafaqat davr ruhiga monand, balki elektron olamdagi taraqqiyotga muvofiq qadam tashlamoqdalar. Shu boisdan ham, yosh avlodga taʼlim berish jarayoniga boshqacha yondashish talab etilmoqda. Darslarda oʻqituvchining oʻrni ham oʻzgarib bormoqda. Oʻqituvchi endilikda asosan yoʻnaltiruvchi vazifasini oʻtamoqda. Zamon bilan hamnafas qadam tashlashni maqsad qilgan oʻqituvchilar darsning har qanday qismini AKT orqali jonlantirishga tayyor boʻlishlarini ham davr talab etmoqda.ʼ

Oʻqituvchi va murabbiylar davr talabidan kelib chiqqan holda darslarni noanʼaniviy tarzda, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib, tashkil qilishmoqda.

11-mart sanasida tumanimizdagi 16-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida ingliz tili fanidan ana shunday noanʼaviy ochiq darsi oʻtkazildi. Dars mashgʻulotida AKTdan, taqdimotlardan samarali foydalanildi. Maktabning 7-“B” sinf oʻquvchilarining ingliz tili fanidan olgan bilimlarini sinovdan oʻtkazish, oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, qolaversa, oʻquvchilarda yangi bilim, koʻnikma va malakalarni hosil qilish maqsadida tashkil qilingan ochiq darsda sinf oʻquvchilarining 13 nafari qatnashdilar. “Mening sevimli mashgʻulotim” mavzusida oʻtkazilgan dars mashgʻulotini maktabning ingliz tili fani boʻyicha tajribali oʻqituvchisi Mavluda Niyozova tashkil qildi.

Aytish joizki, mamlakatimizda chet tillarini, ayniqsa, ingliz tilini oʻrganishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Oʻsib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga oʻqitish, shu tillarda erkin soʻzlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon taraqqiyoti yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng koʻlamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit, imkoniyatlar yaratish bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biriga aylangan.

Bugungi kunda ingliz tilini oʻrganishga boʻlgan talab va qiziqish shunchalik kuchaydiki, bogʻcha yoshidagi bolalardan boshlab, katta yoshdagi mutaxassislargacha ingliz tili oʻrganishga harakat qilayapti. Bu ijobiy holat, albatta, chunki, til oʻrganish oʻsha tilda gaplashuvchi davlatlar madaniyati, tarixi va urf-odatlarini oʻrganish uchun ham zamin yaratadi.

Ingliz tilini oʻrgatish orqali yosh avlodni ingliz xalqi madaniyati, tarixi, urf-odatlari bilan yaqindan tanishtirishni maqsad qilgan Mavluda Niyozova ochiq dars mashgʻulotida turli xil interaktiv metodlardan, innovatsion texnologiyalardan foydalandi. Dars davomida oʻquvchilar kichik guruhlarga ajratilib, turli xil topshiriqlar, tarqatma materiallar, savol-javoblar orqali bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Ochiq dars mashgʻulotini maktabning izlanuvchan oʻqituvchilaridan Gulzira Yangiboyeva hamda Nafisa Yangiboyevalar kuzatib bordilar.

Dars jarayonida faol ishtirok etgan oʻquvchilar ragʻbatlantirildi. Ochiq dars mashgʻuloti juda qiziqarli va mazmunli oʻtdi. Ustoz dars oʻtishdan koʻzlagan maqsadiga erishdi.

Ch.Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026