21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 23:00
Qishloq xoʻjaligi 👁 584

Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari tuman hududidagi aholi tomorqalari holati bilan tanishdi

Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari tuman hududidagi aholi tomorqalari holati bilan tanishdi

Aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, dehqon xoʻjaliklari, tomorqa yer egalari shaxsiy manfaatdorligi va masʼuliyatini oshirish borasidagi ishlarni oʻrganish maqsadida tumanimizga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari  va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Hayitov tashrif buyurdi.

Kengash raisi Aktam Hayitov hamda kengashi huzuridagi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi direktori Toʻlqin Sattorovlar Qoraqalpogʻiston  fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Quanish Nurimbetov, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Sogʻindiq Turmanov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev hamda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Polvonovlar hamrohligida hududdagi aholi tomorqalari holati bilan tanishdi.

Tumanda jami 32570 nafar tomorqa yer egalari mavjud boʻlib, ularda 5217,3 gektar ekin yerlari mavjud. Bu yil bahor mavsumida 4339,2 gektar yer maydonlariga ertaki ekinlar ekish rejalashtirilgan. Aholi tomorqalarida 2020-yil hosili uchun jami 878 gektar avgust-sentyabr piyoz va sarimsoq piyoz, 233 gektar kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan. Shuningdek, “Amudaryo tomorqa xizmat” MChJ tomonidan tomorqa yer egalarining ekin yerlariga motokultivatorlar, kimyoviy ishlov berish, mineral oʻgʻitlar, urugʻlar, mevali daraxt koʻchatlari yetkazib berish yoʻlga qoʻyilgan.

Aytish joizki, Prezident Sh.Mirziyoyev raisligida joriy yilning 8-aprel kuni koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda joylardagi ishlar natijadorligi tahlili hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholi bandligi va daromadini oshirishning muhim manbai boʻlgan tomorqachilikni rivojlantirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida parlament aʼzolaridan iborat Ishchi guruhi tuzilgan edi. Endilikda hududlar, ayniqsa, qishloq xoʻjaligi sharoiti ogʻir boʻlgan tumanlarda ekinlar ekilishi ahvolini har oyda Ishchi guruh aʼzolari boʻlgan deputatlar va senatorlar tomonidan oʻrganiladi, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar koʻriladi.

Koronavirus pandemiyasi keltirib chiqarayotgan inqirozga qarshi kurashish sharoitida aholiga tomorqalaridan samarali foydalanishlariga har tomonlama koʻmaklashishni yoʻlga qoʻyish maqsadida tumanimizga tashrif buyurgan masʼullar Qilichboy va Doʻrman ovullaridagi aholi tomorqalarining ekilish holati bilan tanishib chiqdi. Masʼullar Boʻz solma mahallasida yashovchi Botir Arabovning tomorqa yer maydonida boʻlib, uning 50 sotix tomorqa yeri mavjudligini, 2 sotixli issiqxonasi borligini, tomorqada har xil sabzavotlar va boshqa poliz ekinlari ekilganligining guvohi boʻlishdi. Tashrif davomida masʼullar oʻz tomorqasidan samarali foydalanayotgan Qoramon mahallasidagi Yangiboy Sultonovning 40 sotixdan iborat yer maydonining 4 sotix qismida issiqxona tashkil qilganligini, 10 sotixga yaqin yerda mevali bogʻ barpo etganini va har xil sabzavotlar, poliz ekinlari ekilganini koʻrib, uni yanada rivojlantirish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berib oʻtdilar. Shu mahallada yashovchi Norimbat Oʻrozmatovga ham tomorqasidagi 40 sotixga yaqin uzumzor bogʻni kengaytirish boʻyicha kerakli maslahatlar berdilar.

Masʼullar Bogʻ mahallasi hududidagi “Oʻrta qalʼa chorvadori” agrofirmasi rahbari Erkin Pasulov bilan ham uchrashishdi. Agrofirma rahbari Erkin Pasulov asalarichilikni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi jamgʻarma hisobidan 1 mlrd. 200 mln. soʻm kredit olgan boʻlib, hozirgi kunda asalari uyasi 1000 taga yetkazildi. Shuningdek, 30 nafarga yaqin yoshlarni ish bilan taʼminlagan. Ishchi guruh aʼzolari agrofirma tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, mavjud muammo va kamchiliklar bilan qiziqdilar.

Ishchi guruh aʼzolari tuman masʼullariga aholiga oʻz tomorqasidan samarali foydalanishda har tomonlama koʻmaklashish, ekinlar ekilishi ahvolini muntazam oʻrganib borishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar koʻrib borish, kam taʼminlangan va qarovchisi yoʻq oilalarga ilgʻor fermerlar biriktirish, tomorqa yerlariga ishlov berish, ekin ekish va parvarishlash boʻyicha yordamlashishni  ham tavsiya qildilar.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026