Virus öquvçilarimizning taʼlim olişiga tösqinlik qila olmaydi
Koronavirus pandemiyasi butun dunyoda taʼlim oliş tarzini özgartirib yubordi. Mazkur özgarişlar şubhasiz, bir qança noqulayliklarni keltirib çiqardi. Biroq pandemiya taʼlim sohasidagi yangi innovatsiyalarga sabab böldi. Jumladan, Özbekiston Respublikasida ham karantin davrida öquvçilarning taʼlim olişiga jiddiy eʼtibor qaratildi va Örta Osiyoda birinçilardan bölib masofaviy taʼlim tizimi joriy qilindi.
Taʼlim muassasalarining fan öqituvçilari karantin davrida öquvçilar bilan masofadan internet tarmoqlari orqali muloqotni yölga qöydilar. Öqituvçining bu jarayonda bajaradigan qator vazifalari mavjud. U televideniye orqali namoyiş qilinayotgan onlayn darslar haqida muntazam ravişda öquvçi va ota-onalarni xabardor qilib borişi kerak. Şuningdek, telegram kanalida tuzilgan guruhlar orqali öquvçilarga televizion darsda ötilgan mavzu yuzasidan qöşimça tuşuntirişi, savollarga javob berişi va televizion darsda berilgan uy vazifalarni bajarişga kömaklaşib boradi.
Telegram messenjeri mavjud bölmagan ota-onalar va öquvçilarga uyali telefon orqali qöşimça tuşuntiriş işlarini taşkil etadi hamda şu orqali baholab boradi. Sinflar kesimida taşkil qilingan kanal, yaʼni guruhlarni boşqarib borişni öquv va tarbiya işlari böyiça direktor örinbosari nazorati ostida sinf rahbarlari amalga oşiradi. Televideniye orqali taşkil qilingan onlayn dars mavzulari böyiça fan öqituvçilari qöşimça maʼlumotlar berib boradi, öquvçi qiziqişiga qarab, ular bilan yakka tarzda ham işlaydi.
Ayni paytda taʼlim tizimida yölga qöyilgan bu tarzdagi usulda tuman Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 55-sonli umumiy örta taʼlim maktab tomonidan ham darslar davom ettirilmoqda. Maktabimiz öquvçilari taʼlimdan çetda qolmasliklari uçun yuqorida aytilgan vazifalar asosida işlar taşkil qilindi. Şuni aytiş joizki, bu ham öz navbatida har bir öqituvçidan katta masʼuliyat talab qiladi. Ana şu masʼuliyatni his qilgan holda maktabimiz öqituvçilari har bir öquvçini eʼtibordan çetda qoldirmasdan, bilim olişiga amaliy yordam berib kelmoqda. Bu işlarning samarali taşkil etilişida ota-onalarning kömagi muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi bolaning böş vaqtini nazorat qilib boriş va rejali işlarga jalb qiliş kattalar nazoratida amalga oşirilişi lozim.
Masofaviy öqitiş usuli anʼanaviy taʼlim şakllaridan farq qiladi. U öquvçilarni öziga qulay vaqtda, joyda va şaroitda öqitiş imkonini berib kelmoqda.
Bahodir Utaboyev, 55-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶