1-3-may kunlari hududimizda ob-havo özgarib, kuçli yomğir va şamol bölişi mumkin
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi ogohlantiradi:
Joriy yilning 1-3-may kunlari hududimizda ob-havo özgarib, kuçli yomğir va şamol bölişi mumkin. Şu sababli yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda holatlarning oldini oliş va xavfsizlikni taʼminlaş maqsadida quyidagi çora tadbirlar amalga oşirilib, xavfsizlik qoidalariga amal qilişingizni söraymiz:
- aholi yaşaş uylari hamda muassasa, korxona va taşkilotlar imoratlarining tom bostirmalarini örganib çiqib, zarur hollarda mahkamlaş;
- elektr va aloqa ustunlari (stolba) atrofidagi daraxtlarning şoxlarini butaş;
- avtotransport vositalarini daraxtlar, yöl belgilari, katta reklama bannerlari va qurilmalarining yonida qoldirmaslik;
- suv toşqinining oldini oliş maqsadida belgilangan ariq-zovurlar hamda kanalizatsiya tarmoqlarini tozalaş;
- imoratning barça oçiq bölgan joylari, eşik va oynalarini mahkam qilib yopiş;
- har qanday maişiy texnikalarni elektr toki va gaz tarmoqlaridan ajratiş lozim.
Hurmatli fuqarolar!
Kuçli şamol vaqtida köçaga çiqmang! Agar bunday vaqtda köçada bölsangiz imoratlar, köpriklar, daraxtlar va avtomobillarga yaqinlaşmang, agar avtomobilda bölsangiz tezlikni oşirmang, daryo va qirğoq böylaridagi yöllarda iloji boriça xarakatlanmang.
Xavfsizlik qoidalariga amal qiling!
Eng xavfsiz joy – bu sizning uyingiz. Uyda qoling!
Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶