“USTOZ-ŞOGIPD” ANʼANASI BÖYIÇA TUMAN YoŞLAPI HUNAP ÖPGANIŞMOQDA
Xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy anʼanalarini töliq saqlab qoliş va rivojlantiriş, milliy hunarmandçilik, xalq badiiy va amaliy sanʼatini yuksaltirişga alohida eʼtibor qaratilayotganligi özining ijobiy samaralarini bermoqda. Sohaga aholi, ayniqsa, yoşlar, ayollarni jalb etiş orqali bandligi taʼminlanib, “Ustoz-şogird” anʼanasi tobora ommalaşmoqda. Hunarmandçilik faoliyati bilan şuğullaniş istagidagi işsiz fuqarolarga tijorat banklaridan imtiyozli kreditlar ajratilib, ularning loyihalari qöllab-quvvatlanayapti.
Hunarmandçilikning bir turi kulolçilik ham kişidan öziga xos iqtidor va sabr-toqat talab etadi. Bu hunar neça ming yillardan beri avloddan avlodga ötib, tobora sayqal topib bormoqda. Mamlakatimizda, ayniqsa, Pişton kulolçilik maktabi tajribasi juda maşhur.
Qoraqalpoğistonda ham mazkur maktab tajribasini keng tarğib qiliş, sohaga qiziquvçilarga ularning tajribasini örgatiş va iş bilan bandligiga erişiş borasida saʼy-harakatlar boşlab yuborildi.


Har birimiz uçun eng totli va bebaho neʼmat – nonning xuştaʼm va yaxşi pişgan holda dasturxonga tortiq qilinişi tandirlarning ixçam, qulay, tejamli qilib qurilganligiga ham boğliq.

Şu yil 13-may kuni Nukus şahridagi yoşlar markazida bölib ötgan riştonlik kulolçi usta Ğanijon Eliboyev iştirokidagi davra suhbatida ham bu haqda batafsil söz yuritildi. Kulolçilik anʼanalarini saqlab qoliş, Pişton kulolçilik maktabi tajribalarini qoraqalpoğistonlik yoşlarga örgatiş maqsadida taşrif buyurgan Ğanijon Eliboyev, hunarmandlardan taşqari davra suhbatida “Özsanoatqurilişbank” vakili Pavşan Oboqulov, Pespublika “Hunarmand” uyuşmasi Qoraqalpoğiston Pespublikasi boşqarmasi boşliği Dilfuza Allamberganovalar ham iştirok etdilar. Tadbirda kulollar özaro tajriba almaşdilar, şu yönalişda faoliyat yuritişni xohlovçilar röyxati şakllantirilib ularga öz faoliyatlarini taşkil etiş böyiça tegişli maslahatlar berildi.
Bu borada tumanimizda ham mahorat darslari bölib ötdi. Ğanijon Eliboyev Manğit şahrining Çordara mahallasida istiqomat qiluvçi tandirçi tadbirkor Ozodboy Boyjonov xonadonida bölib, u yasagan tandirlarni kördi, öz tajribalari bilan örtoqlaşdi.
2013-yildan beri tumanimizdagi 21-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida amaliy sanʼat yönalişida öquvçi-yoşlarga zardözlik, kaştaçilik sir-asrorlarini örgatib kelayotgan Xonimjon Ismoilova ham şu kungaça 20 nafardan ziyod şogirdlarini hunarli qildi. 2019-yilda Prezident sovrini uçun ötkazilgan “Taşabbus 2019” körik-tanlovida öz mahsulotlari bilan iştirok etib, “Eng yaxşi hunarmand” nominatsiyasida 3-örinni egalladi.

U işsiz yoşlarga örgatiş maqsadida gilamdözlik, zardözlik, kaştaçilik böyiça bepul öquv kurslari taşkil etib, öz hunarlarini örgatmoqda.
Xonimjon Ismoilova töqiyotgan gilamlarni körsangiz, xuddi sanʼat asariga öxşaydi. Naqşlar va ranglar aslo bir-birini takrorlamaydi. Hunarmand ayol öz ustida işlaşdan, izlanişdan erinmaydi, internet tarmoqlarida bu boradagi yangiliklarni tinmay öqib, mahoratini oşira boradi. Gilamdagi naqşlarning bir-biriga uyğunligi, ranglarning mutanosibligi ana şunday izlanişlar samarasi.
U ayol-qizlarning hunarli bölişi va intilib işlaşi oilalar daromadi oşib, farovonlaşuviga munosib hissa bölib qöşiladi, deb hisoblaydi. Hunariga qiziqib kelgan yoşlarni harakatçan bölişga, öz hayotlarini özlari gözal qilişga tarğib etadi.
Hunarmand ayol Xonimjon Ismoilova Özbekiston Milliy tiklaniş demokratik partiyasi aʼzosi sifatida partiyaning “Xizmat – beminnat” loyihasi doirasida işsiz yoşlarga hunar örgatib, daromad topişlariga erişayotganidan xursand.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶