O`ZLIDEP TUMAN KENGAŞI PAISINING BIPINÇI ÖPINBOSAPI – APPAPAT PAHBAPI TAYINLANDI
2-iyun kuni tuman hokimligi kiçik majlislar zalida Qoraqalpoğiston Pespublikasi Vazirlar Kengaşi Paisining örinbosari, Mahalla va oilani qöllab quvvatlaş vaziri, O`zLiDeP Qoraqalpoğiston Pespublikasi Kengaşi raisi Sağindiq Turmanov iştirokida yiğiliş bölib ötdi. Yiğilişda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, O`zLiDeP Amudaryo tuman Kengaşi deputatlik guruhi aʼzolari qatnaşdilar.
Mazkur yiğilişda O`zLiDeP tuman Kengaşi raisining birinçi örinbosari apparati rahbarini tayinlaş töğrisidagi taşkiliy masala körib çiqildi. Yiğiliş iştirokçilari O`zLiDeP Qoraqalpoğiston Pespublikasi Kengaşi raisining O`zLiDeP Amudaryo tuman Kengaşi raisining birinçi örinbosari apparat rahbari lavozimiga Matkarimov Islom Ismailoviçni tayinlaş böyiça buyruği bilan taniştirildi. Yiğilişda sözga çiqqanlar Islom Matkarimovning şu kunga qadar olib borgan iş faoliyati haqida söz yuritdilar.
Taʼkidlaş kerakki, O`zLiDeP mamlakatimiz siyosiy hayotida özining ahamiyatli örniga ega bölgan partiya hisoblanadi. 2019-yil 22-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga ötkazilgan saylovlarning dastlabki natijalarida Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi parlamentda köpçilik örinni qölga kiritganligi fikrimizning dalilidir.
O`zLiDePning asosiy maqsadlaridan biri – siyosiy kuç sifatida birlaşgan holda tadbirkorlar, işbilarmonlar va fermerlarning yanada kengroq faoliyat yuritişlari uçun yangi imkoniyatlar yaratiş, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab beriş, jamiyatning mazkur qatlami manfaatlarini himoyalaş va ertangi kunini taʼminlaş hisoblanadi. Şu kabi maqsadlarni amalga oşiriş yölida partiya aʼzolari, hamjihatlikda, jipslaşgan holda harakat qilişmoqda. Natijada O`zLiDeP bugungi kunda jamiyatda, davlatning siyosiy hayotida faol bölgan taşkilotga aylandi.
Yiğilişda tuman Kengaşi deputati Muqaddas Beknazarova sözga çiqib, Islom Matkarimovning iş faoliyati, hayotiy tajribasi xususida söz yuritdi. Taʼkidlanganidek, Islom Matkarimov iş faoliyati davomida “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati tuman Kengaşi raisi, tuman hokimligi jamoat va diniy taşkilotlar bilan aloqalar böyiça boş mutaxassisi, "Özbekiston poçtasi" oçiq aktsiyadorlik jamiyati Qoraqalpoğiston filiali Manğit poçta aloqa tarmoği boşliği, "Tölqin" muqobil maşina-traktor parki raisi, tuman Qişloq xöjaligi boşqarma boşliği lavozimlarida samarali mehnat qildi. Mehnat faoliyati davomida köplab yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga öz hissasini qöşdi, qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişda öz bilim va tajribalaridan unumli foydalanib, sidqidildan mehnat qildi.
Yiğiliş sönggida sözga çiqqanlar Islom Matkarimovga keyingi faoliyati davomida partiyaning mavqeini oşirib, partiya ğoyalarini keng tarğib qilişda zafarlar tiladilar.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶