21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:12
Qishloq xoʻjaligi 👁 368

“Amudaryo-Agroservis” MTP MChJ texnikalari mehnat unumdorligini oshirishda muhim oʻrin tutmoqda

“Amudaryo-Agroservis” MTP MChJ texnikalari mehnat unumdorligini oshirishda muhim oʻrin tutmoqda

Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligining tezkor rivojlanishi va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash imkonini beruvchi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Pespublikada qishloq xoʻjalik texnikasini ishlab chiqarish, yetkazib berish va servis xizmati koʻrsatish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya xizmatlari koʻrsatishning yagona oʻzaro bogʻlangan tizimining yaratilishi qishloq xoʻjaligi korxonalari, “Oʻzagroservis” AJ tashkilotlarining servis korxonalari va mashina-traktor parklarini qayta jihozlashni taʼminlash imkonini bermoqda.

Bugungi kunda tumanimizda faoliyat yuritayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatayotgan “Amudaryo-Agroservis” MTP MChJ samarali faoliyat olib bormoqda.

Mazkur xizmat koʻrsatish tashkilotiga 2018-yilda tuman “Agrobank” tuman filiali tomonidan yangi qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotib olish uchun 5 foizli imtiyozli kredit mablagʻi ajratilib, korxona qayta shakllantirildi. Tuman fermer xoʻjaliklariga mexanizatsiya va servis xizmatini koʻrsatish – korxonaning asosiy ish faoliyati boʻlib hisoblanadi.

Shuningdek, tashkilot tumandagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar yerlarini haydash, chizellash, chel olish, yerlarni tekislash, gʻalla oʻrish, paxta ekish, kultivatsiya qilish, qolaversa, MTP ustaxonasida chilangarlik hamda ishdan chiqqan qishloq xoʻjalik texnikalariga texnik xizmat koʻrsatish kabi faoliyatlar bilan shugʻullanadi.

Hozirda “Amudaryo-Agroservis” MTP MChJda Jumaboy Xoʻjamurodovning rahbarligidagi bosh hisobchi, kadrlar boʻlimi mutaxassisi, tokarlar, payvandchilar, chilangarlar, traktor va kombayn operatorlari, qorovullar jami 25 nafar ishchi xodimlar xizmat qilishmoqda.

Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda mazkur xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada rivojlantirishga katta eʼtibor qaratildi. Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis xizmatlarini koʻrsatish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hamda Vazirlar Mahkamasining "Qishloq xoʻjaligi texnikasini yetkazib berish va respublika mintaqalarida ularga servis xizmati koʻrsatish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari ushbu xizmat koʻrsatish tizimining yanada takomillashishida muhim dasturilamal boʻlmoqda.

Ushbu qonun hujjatlari qishloq xoʻjaligi texnikasini bir maromda ishlab chiqarish va ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikasini zamonaviy usullarini qoʻllagan holda sotishni tashkil etishni yaxshilash, sifatli servis xizmati koʻrsatish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, shu asosda mahalliy qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarining moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish maqsadiga xizmat qilmoqda.

Yaratilayotgan shart-sharoit hamda imkoniyatlardan samarali foydalangan holda faoliyat olib borayotgan Amudaryo Agroservis MTP MChJga 2019-yilda “Uzagrolizing” tashkilotidan yuqori unumli Keys-4088 rusumli gʻalla oʻrish kombayni lizingga olib kelindi. Hozirda operatorlar Shuhrat Yoʻldoshev va Oʻktam Xoʻjamurodovlar boshqaruvidagi mazkur kombayn tuman fermer xoʻjaliklari dalalarida gʻalla yigʻim-terimida faol qatnashmoqda.

Charos Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026