Ezgu xotira
Quvvai hofizam dunyosin kezib,
Kaşf etdim qaytadan hayot göşasin.
Latif bir lahzani dildan ötkazib,
His etdim yaşamoq gaşt-u naşʼasin.
Angladim. Insonga tiriklik bayram,
Men bilgan neça zot olamdan ötdi.
Faqat taskin berar nurli xotiram,
Axir şoh-u gado baravar ketdi.
Uruşni laʼnatlab yaşar insonlar,
Olovday yondirar xotiralari.
Hamon yuraklarda doği hijronlar,
Bobolarin qömsar nabiralari.
Xotiraning ezgin sahifasida,
Afğon uruşidan qolgan qora doğ.
Çimildiq körmagan maʼşuqasiga,
Askarning maktubi bölmagan adoğ.
Şahidlar zoridan zir titrab zamin,
Millionlab mayyitlar közimdan ötar.
Bu majruh dunyoning kötarib ğamin,
Çöloq nomin olib mayiblar ötar.
Qatağon qurboni bölgan bobomdan,
Bir uy kitob qolgan – bebaho meros.
Özi ketsa hamki yoruğ olamdan,
Ezgu işi yaşar dillarga payvast.
Ey, aziz zamondoş, boşingni kötar,
SenTinçlik boğiga bitta nihol ek!
Har lahzada unib, har onda kökar,
Izingda yoruğ iz – Yurtning ğamin çek!
Hayot davom etar – avlodlar xurram,
Bobolar çiroği öçmagay sira.
Umidlar gul oçgan Vatanda bayram,
Kelajak poyida ezgu XOTIRA!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶