21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 15:51
Sport 👁 375

YoSh SPORTChI MUSTAFO IMTIYoZLI RAVIShDA NUFUZLI OLIY OʻQUV YuRTIGA QABUL QILINDI

YoSh SPORTChI MUSTAFO IMTIYoZLI RAVIShDA NUFUZLI OLIY OʻQUV YuRTIGA QABUL QILINDI

Mustaqillik yillarida xalqimiz bosib oʻtgan gʻoyat murakkab va sharafli yoʻl haqida, shu davrda qoʻlga kiritilgan ulkan yutuq-marralarimiz toʻgʻrisida soʻz yuritilganda, qalblarni gʻurur-iftixor tuygʻulari egallaydi. Oʻtgan yillar davomida barcha soha va tarmoqlar qatori mamlakatimizning sport hayotida, yurtdoshlarimizning sport haqidagi tasavvur va qarashlarida ham olamshumul oʻzgarishlar yuz berdi.

Mustaqillik mamlakatimiz sporti hayotida yangi va yorqin sahifalar ochdi. Buning tasdigʻini sportchi yigit-qizlarimizning dunyo miqyosidagi turli nufuzli sport anjumanlarida qoʻlga kiritayotgan ulkan yutuq va natijalari misolida bugun yaqqol koʻrmoqdamiz. Mamlakatimizda tashkil etilayotgan nafaqat Oʻzbekiston, balki xalqaro miqyosdagi yirik turnirlar, Osiyo va Jahon chempionatlari ham aynan shundan dalolat beradi.

Joriy yilning 12-14-mart kunlari ana shunday musobaqalardan biri Sirdaryo viloyati markazi Guliston shahrida sportning dzyudo turi boʻyicha 16-17 yoshdagi oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilgan edi. Uch kun davom etgan mamlakat birinchiligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan 690 nafar oʻsmirlar ishtirok etdilar. Musobaqaning soʻnggi, uchinchi kunida ogʻir vazn toifasidagi bellashuvlar oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlar nomi maʼlum qilindi. Mazkur musobaqada tumanimizning yosh, iqtidorli sportchilaridan biri boʻlgan Mustafo Oʻrozboyev ham faol ishtirok etib, faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.

Mustafo 6 yoshidan boshlab, sportning dzyudo, sambo, kurash turlari bilan shugʻullanib keladi. U shu davrga qadar koʻplab tuman, Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqda. Xususan, 2017-yildan shu davrga qadar har yili sportning kurash, sambo, dzyudo turlari boʻyicha turli vazn toifalarida oʻtkazilgan faxrli oʻrinlar gʻolibi boʻldi.

Shu yil mart oyida Sirdaryo viloyatida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida 3-oʻrin sovrindori boʻlgan Mustafo Oʻrozboyev Qoraqalpoq Davlat universitetining huquqshunoslik yoʻnalishiga hech qanday test sinovlarisiz imtiyozli ravishda oʻqishga qabul qilindi. Yurtimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor hamda yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, katta yutuqlarga ega boʻlayotgan yosh sportchining kelgusida yana yangi marralarni egallashiga,  jamiyat ravnaqiga munosib hissa qoʻshishiga ishonamiz.

Charos Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026