21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:12
Qishloq xoʻjaligi 👁 285

AMUDARYoLIK FERMERLAR EKKAN KUZGI BUGʻDOY TEKIS UNIB ChIQMOQDA

AMUDARYoLIK FERMERLAR EKKAN KUZGI BUGʻDOY TEKIS UNIB ChIQMOQDA

2021-yil hosili uchun Amudaryo tumanida 330 ta fermer xoʻjaliklarining jami 3800 gektar maydonida (shundan 1832,5 gektari gʻoʻza qator oralariga, 1517,5 gektari gʻalladan boʻshagan maydonlarga) kuzgi bugʻdoy ekish rejalashtirilgan. Buning uchun avvaldan 11 ta fermer xoʻjaliklarida 233,1 gektar maydonga serhosil urugʻlik gʻalla ekilib, 2021-yil hosili uchun 700 tonna sifatli urugʻlik don tayyorlangani ayni kunlardagi kuzgi bugʻdoy ekish mavsumining maromida olib borilishini taʼminlamoqda.

Ekish mavsumini qisqa muddatlarda oʻtkazish maqsadida gʻallani ekish boʻyicha jadval ishlab chiqilib, 18 ta otryad tashkil etildi. Unga koʻra, ekish ishlarida qatnashadigan 18 ta yuqori unumli surim texnikalari va 34 ta zanjirli surim texnikalari, 2 ta gʻalla ekish seyalkasi, 60 ta chizel, 42 ta kultivator agregatlari, 50 ta yer tayyorlash mexanizmlari, 50 ta yer tekislovchi, 16 ta oʻgʻit sepuvchi agregatlar, 21 ta egat olgich moslamalar ekish otryadlariga biriktirilib, taʼmirlash-sozlash ishlari oʻz vaqtida yakunlandi.

Joriy yil gʻalla ekish mavsumi uchun zarur boʻlgan 950 tonna urugʻlik zahirasi yaratilib, fosforli va kaliyli mineral oʻgʻitlar gʻamlangani ekish ishlarining sifatli oʻtkazilishida muhim omil boʻlmoqda. Joriy yilning 17-sentyabr holatiga tumandagi gʻallachilik fermer xoʻjaliklari tomonidan 2550 gektar yer ekishga tayyorlanib, 2277 gektar maydonga kuzgi bugʻdoy ekildi.

Choykoʻl ovuli hududidagi “Egambergenova Odina” fermer xoʻjaligida har yili gʻalladan yuqori hosil yetishtiriladi. Fermer xoʻjaligi rahbari Begzod Saparovning tadbirkorligi, ishning  koʻzini bilishi xoʻjalikning ushbu tarmogʻini moʻl-koʻl daromad manbaiga aylantirish imkonini bermoqda.

2021-yil hosili uchun joriy yilda 11,5 gektar maydonga gʻalla ekilib, gʻalla maydonlari 10 nafar pudratchiga boʻlib berildi. Ayni kunlarda bir tekis unib chiqayotgan bugʻdoy maysalarini zararkunanda hasharotlardan himoya qilish maqsadida girbitsidlar bilan ishlov berish, kuzgi agrotexnik tadbirlarni sifatli oʻtkazishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Gʻalladan 35 tonna hosil olishni rejalashtirgan pudratchi va  ishchilar gʻalla ekilgan maydonlar boshiga mahalliy oʻgʻit jamgʻarish, suv yoʻllarini tartibga keltirish ishlarini uyushqoqlik bilan olib borishmoqda.

Azimbek Xolimbetov rahbarlik qilayotgan “Mangʻit bogʻboni” fermer xoʻjaligi kuzgi bugʻdoy ekish rejasini tumanda birinchilardan boʻlib yakunladi. Xoʻjalik gʻallakorlari 17 gektar yerdan 51 tonna hosil olishni niyat qilishgan.

“Adil Yarimbetov” fermer xoʻjaligida ham 30 gektar maydonga kuzgi don ekildi. Sifatli urugʻlik tanlangani, ekishlik yerlar maromida tekislanib, urugʻ vaqtida yerga tushgani oʻz samarasini berdi.

2021-yilgi gʻalla xirmonini 90 tonnaga yetkazishni rejalashtirgan Nuraddin Karimov rahbarligidagi xoʻjalik gʻalla maydonlarida 30 nafar pudratchi va 15 nafar ishchilar ahillik bilan mehnat qilishadi.

Mazkur xoʻjalikda ham bir tekis unib chiqayotgan bugʻdoyzorlarda ayni kunlarda kuzgi agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026