HOSILNI YoNĞINDAN ASRAYLIK!
Ayni damlarda tumanimizda paxta yiğim-terimiga tayyorgarlik işlari qizğin olib borilmoqda. Yiğim-terim davrida yonğin xavfining oldini oliş alohida ahamiyat kasb etadi.
Şu bois, barça fermer xöjaliklarida paxta xirmonlari, paxta quritiş örinlari suv xavzalari yoki suv hovuzlari mavjud bölgan joylarga yaqin bölişi taʼminlandi. Yetiştirilgan hosilni paxta qabul qiliş şoxobçalariga eltişda alohida eʼtibor va masʼuliyat zarur. Traktor tirkamalariga ortilgan paxta ustiga şolça yoki brezent yopilişi kerak, aks holda yonğin kelib çiqişi mumkin. Paxta qabul qiliş punktlarida va paxta dalalarida çekiş, oçiq olovdan foydalaniş hamda paxta hosilini yöl çetlarida quritiş qatʼiyan maʼn qilinadi. Xirmon joylar, yöl böylari hamda paxta qabul qiliş şoxobçalari «Paxtani olovdan asraylik!», «Çekilmasin!», «Olovdan foydalaniş maʼn qilinadi!» kabi pannolar va birlamçi yonğin öçiriş vositalari bilan töliq taʼminlanişi zarur.
«Amudaryo paxta tozalaş» oçiq aktsiyadorlik jamiyati hamda unga qaraşli paxta qabul qiliş şoxobçalarida paxta hosilini qabul qilişga tayyorgarlik işlari nihoyasiga yetib, dastlabki hosilni qabul qiliş işlari boşlandi. «Amudaryo paxta tozalaş» oçiq aktsiyadorlik jamiyati hamda unga qaraşli şoxobçalar yonğinga qarşi birlamçi yonğin öçiriş vositalari bilan töliq taʼminlangan. «Paxta – 2020» yiğim-terim mavsumiga yordamga kelgan haşarçilarning yaşaş joylarida yonğin xavfsizligi çoralari körildi va tartib-qoidalar töğrisida suhbatlar ötkazilib, yöriqnomalar berildi. Paxta qabul qiliş şoxobçalarida köngilli yonğin öçiriş guruhlari tuzilib, guruh aʼzolariga tegişli vazifalar yuklatildi, şu bilan birga Manğit şahar 3-son Kasbiylaştirilgan yonğin-qutqaruv qismi xizmatçilari va 2 ta jangovar ekipajlari, «Amudaryo paxta tozalaş» oçiq aktsiyadorlik jamiyatining köngilli yonğin öçiriş guruhi va 1 ta jangovar ekipaji bilan paxta tozalaş zavodida va paxta qabul qiliş şoxobçalarida yonğin öçiriş amaliy maşqlari ötkazildi.
Qadrli yurtdoşlar! Bu yilgi «Paxta – 2020» yiğim-terim mavsumida faol qatnaşiş bilan birga, yonğin xavfsizligi bölinmasi xodimlarining tavsiyalarini öz vaqtida bajarib, milliy boyligimiz – paxta hosilini yonğindan asraşga öz hissamizni qöşaylik.
A.YuSUPOV,
tuman FVB mutaxassisi katta serjant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶