MAHALLA POSBONI – tinçlik himoyaçisi
Maʼlumki, jamiyatda jamoat tartibini saqlaş va fuqarolar xavfsizligini taʼminlaş, jinoyatçilikka qarşi kuraş va uning oldini oliş huquqni muhofaza qiliş idoralari zimmasiga yuklatilgan. Mazkur vazifani amalga oşiriş davlat va nodavlat taşkilotlari, jamoat taşkilotlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining iştirok etişini talab etadi. Xolbuki, jinoyatçilikka qarşi kuraş qaçonki u keng ijtimoiy asosda, unga barça davlat va jamoatçilik mexanizmlarini faol jalb qilgan holda amalga oşirilgandagina samarali bölişi mumkin. Tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaşda «Mahalla posboni» jamoat tuzilmasining ham ahamiyati katta.
Bugungi kunda fuqarolarning özini özi boşqariş organlari huzurida «Mahalla posboni» jamoat tuzilmalari taşkil etilgan bölib, ular safida minglab yoşlar öz uylari va mahallalarining tinçligi hamda osoyiştaligini saqlaş işlarini olib boriş bilan birga, jinoyatçilikka qarşi kuraş va uning oldini olişda huquq-tartibot organlariga kömaklaşmoqda.
Mahalla posbonlari safidan eng munosiblarini içki işlar idoralari xizmatiga qabul qilişga ham katta eʼtibor qaratilmoqda.
Bugun yurtimizda mahalla posbonlari aholining faolligini oşiriş, fuqarolarni jamoat tuzilmasiga keng jalb qiliş, bir yoqadan boş çiqarib, har qanday illatga, ayniqsa xavfsizlikka tahdid soluvçi omillarga qarşi kuraş va boşqa jamoatçilik işlarini olib borişda taşabbuskorlik, fidoyilik namunalarini namoyon etmoqdalar, öz kasb vazifalarini şaraf bilan bajarmoqdalar. Zero, Vatan tinçligi va osoyiştaligini himoya qiliş yurt öğli uçun faqat konstitutsiyaviy burç emas, muqaddas vazifa, oliy şaraf hamdir.
Rasul ALLAMOV,
Özbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tinglovçisi.
(Foto - http://navoiypress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶