Jamiyat
👁 2,682
Özbekning
Yurt ğamin özining ğami bilganlar,
Imonni diliga tuğday ilganlar,
Xalqi uçun jonin fido qilganlar,
Könglining törida yaşar özbekning.
Şahar, qişloq, yurtning baland-pastida,
Qari-yu yoş - yaratmoqlik qasdida,
Şu sababli butun dunyo nazdida,
Nufuzi tobora oşar özbekning.
Hayot - sinalmoqqa berilgan imkon,
Mulki borliq içra nuqtaday bir on.
Bunda ezgulik iş qilolgan inson,
Obrösiga obrö qöşar özbekning.
Vatan uçun kimki qilolsa xizmat,
Topolgay öziga mangulik izzat,
Şunday bölsin, deya har kimga qismat,
Tilak bilan tongi otar özbekning.
Köp millatli Vatan gulşani aro,
Ahil yurtda baxtli har bir fuqaro.
Madhin aytsa arzir ahli şuaro:
Rizq-rözi kunba-kun toşar özbekning.
Ahmad Nafasov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶