22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 02:42
Fan va taʼlim 👁 284

“Amu quyoshi” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida fidoyi tarbiyachilar mehnat qilmoqda

“Amu quyoshi” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida fidoyi tarbiyachilar mehnat qilmoqda

Bugungi kunda yosh avlod taʼlim-tarbiyasi jamiyat hayotidagi, yurt ravnaqiga erishish yoʻlidagi ustuvor vazifaga aylangan. Shu boisdan ham farzandlarimizni barkamol avlod qilib shakllantirishda eng muhim ahamiyat kasb etuvchi taʼlim-tarbiya fidoyilari boʻlgan ustoz va murabbiylar, tarbiyachilarning jamiyatdagi oʻrni va mavqei tobora oshirilib, ularning oʻz sohalarida samarali faoliyat olib borishlari uchun barcha imkoniyat va shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Shu maqsadda zamonaviy shart-sharoitlar mavjud boʻlgan taʼlim-tarbiya maskanlari bunyod etilmoqda.

Ayniqsa, yurtimizda farzandlarimizning maktabgacha boshlangʻich taʼlim olishlariga jiddiy etibor qaratilib, maktabgacha taʼlim muassasalari soni yildan yilga ortib bormoqda. Yangi zamonaviy koʻrinishga va qulayliklarga ega boʻlgan taʼlim-tarbiya dargohlari tashkil qilinib, kelajagimiz egalari boʻlgan jajji bolajonlar zamon talablari asosida tarbiyalanmoqda.

Tumanimizda 2019-yil 1-martdan oʻz faoliyatini boshlagan “Amu quyoshi” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida ham farzandlarimizning munosib taʼlim hamda tarbiya olishlari uchun barcha imkoniyat, shart-sharoitlar yaratilgan. Jami 100 nafar tarbiyalanuvchi oʻrniga moʻljallangan tarbiya maskani tadbirkor Manzura Jumaniyozova tashabbusi bilan davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil qilingan. Muassasa 1 mlrd. 284 mln. soʻm kredit mablagʻi hamda 500 mln. soʻmdan ortiq tadbirkorning oʻz mablagʻi, jami 1 mlrd. 800 mln. soʻmga yaqin mablagʻ evaziga bunyod etilgan. Tarbiya maskani kerakli jihozlar bilan jihozlangan, turli xildagi oʻyinchoqlar bilan taʼminlangan, binoda zamon talabiga mos isitish uskunalari oʻrnatilgan, bolajonlar uchun choʻmilish havzasi qurilgan.

Hozirda “Amu quyoshi” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida jami 23 nafar xodim bolajonlarga taʼlim-tarbiya berishda oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshmoqdalar. Shundan 15 nafari pedagog xodimlar hisoblanadi. Muassasada rahbarlik qilayotgan Sayyora Jumamurodova boshchiligidagi ahil jamoa ertamiz egalari boʻlgan barkamol avlodni voyaga yetkazishda fidoiylik bilan mehnat qilmoqda.

Maʼlumot tariqasida aytish joizki, bugungi kunda tumanimizdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 106 ta boʻlib, shundan 50 tasi davlat, 3 tasi davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil qilingan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti va 53 tasi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari hisoblanadi. Ularga qamrab olingan bolalar soni 9 ming 627 nafardan iboratdir. Hozirgi kunda tumanimizda maktabgacha yoshdagi bolalarni qamrab olish koʻrsatkichi 58,2 foizga yetdi.

Hukumatning bugungi kundagi ogʻir sinovli vaziyat – pandemiya sababli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida koronavirus infektsiyasining profilaktikasi boʻyicha chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida qabul qilingan tegishli qarori bilan tumandagi barcha turdagi barcha turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati vaqtincha toʻxtatildi.

Mamlakatda epidemiologik vaziyat biroz yaxshilanishi bilan pandemiya sharoitida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini qayta tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar asosida tumandagi 3 ta davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda 41 ta oilaviy nodavlat maktabagacha taʼlim tashkilotlari karantin qoidalariga amal qilgan holda faoliyatini qayta tikladi hamda guruhlardagi tarbiyalanuvchilar sonini 15 nafardan oshirilmagan holda taʼlim-tarbiya berib kelinmoqda. Shu jumladan, “Amu quyoshi” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida ham barcha karantin qoidalariga amal qilgan holda oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. Hozirda tarbiya maskanida 4 ta guruhda 15 nafardan jami 60 nafar tarbiyalanuvchilarga talim-tarbiya berilmoqda.  

Charos Arslonova, tuman hokimliging Axborot xizmati rahbari

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026