22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:44
Fan va taʼlim 👁 630

Tumanimizda IT-markaz oʻz faoliyatini boshlamoqda

Tumanimizda IT-markaz oʻz faoliyatini boshlamoqda

Mamlakatimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ular oʻrtasida axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlikni targʻib qilish pirovardida har tomonlama yetuk avlodni voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Aholi, shu jumladan, yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internet tarmogʻidan samarali foydalanishni tashkil etish uchun 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi doirasida Respublika boʻyicha raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari tashkil etilmoqda. Xususan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan tumanimizda ham IT-markaz oʻz faoliyatini boshlamoqda.

Joriy yilning 3-oktyabr sanasida mazkur IT-markazning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Axborot texnologiyalari va kommunikatsilarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Qahramon Yoʻldashev, “Oʻzbektelekom” aktsiyadorlik jamiyatining Davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlar buyicha direktor Mardon Berdiqlichev, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev va boshqalar hamda faol yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirda taʼkidlanganidek, ushbu markazda zamonaviy raqamli texnologiyalar, elektron tijorat, dasturlash asoslari boʻyicha yoshlarni oʻrgatuvchi oʻquv kurslari uchun kompyuter sinflari, oʻquv zali va PlayStation xonalari tashkil etilgan boʻlib, bularning barchasi yoshlarimizning bilimini, axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Maʼlumot tariqasida aytish joizki, bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi 726 ta umumtaʼlim maktablarining 706 tasida 977 ta kompyuter sinflari mavjud boʻlib, jami 13 946 ta zamonaviy kompyuter texnikalari bilan taʼminlangan. Shundan, 668 ta kompyuter sinflari internet tarmogʻiga ulangan.

2020-yil davomida respublikadagi barcha shahar va tumanlardagi oʻrta taʼlim maktablarida informatsion texnologiyalari yoʻnalishida 880 ta toʻgaraklar tashkillashtirilib, toʻgaraklarga 13 157 nafar oʻquvchilar qamrab olingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirigi tomonidan ishlab chiqilgan tarmoq jadvaliga asosan joriy yil davomida Qoraqalpogʻiston Respubikasining 13 ta tumanida, xususan, Amudaryo tumanida ham raqamli texnologiyalari oʻquv markazlari tashkil etilmoqda.

Aytish joizki, tumanimizda tashkil qilingan ushbu markaz “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da nafaqat yoshlarimizning zamonaviy bilim va koʻnikmalarni egallashlariga, balki tumanimizda turli sohalarga raqamli texnologiyalarning kirib kelishi, raqamli iqtisodiyotning rivojiga ham xizmat qiladi. Markaz tumanimiz yoshlarining sevimli maskaniga aylanib, ularning internetga, axborot texnologiyalari hamda zamonaviy kommunikatsiya vositalariga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirishiga ishonamiz.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026