ÖQITUVÇILAR SULOLASINING MUNOSIB VAKILI
Bugungi globallaşuv davrida yoş avlodni turli axborot xurujlari, mentalitetimizga yot ğoya va qaraşlardan işonçli himoya qilişning yöli – ularga maktabgaça taʼlim, umumiy örta taʼlim taşkilotlarida munosib taʼlim-tarbiya beriş, bilimli va maʼnaviyatli qilib voyaga yetkazişdir.
Bejizga maktablarni mevali boğlarga, ustoz-muallimlarni boğbonlarga öxşatişmaydi. Qutluğ maskan – maktab bağriga talpinib kelgan murğak bolaning ertaga qanday inson bölib voyaga yetişi ustozlarning saʼy-harakatlariga boğliq.
Azizbek Jumanov örta maktabni tugatib, öqituvçi böliş orzusida oliygoh ostonasiga qadam qöyganida bu haqda köp öylagan, maşaqqatli kasbni tanlaganini anglar edi. Umr böyi xalq taʼlimi sohasida mehnat qilgan, taniqli ustoz, onasi Hamroxon Qosimova, rahbarlik lavozimlarida işlab, şu el bolalarining kamoli yölida bor kuç-ğayratini ayamagan otasi Otabek Jumanovlarning daldasi unga kuç böldi. Nizomiy nomidagi pedagogika oliygohining fizika fakultetini bitirib kelib, özi taʼlim olgan 15-sonli maktabda faoliyatini boşlaganiga ham mana 20-yildan oşdi.
Ötgan davr mobaynida Azizbek ixtisoslik tanlaşda adaşmaganini öz faoliyatida isbotladi. Har yili taʼlim bergan öquvçilari bilimlar bellaşuvi, fan olimpiadalarida tuman bosqiçlarida ğoliblikka erişib, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçlarida bilimdon ekanligini namoyiş etişmoqda. 2017-2018 va 2018-2019 öquv yillarida qatorasiga ikki yil fanlar olimpiadasida fizika fanidan respublika bosqiçida uçinçi örinni egallagan öquvçisi Ruslan Yöldoşev hozir oliygoh talabasi. Rohatoy Safarboyeva matematika, Farida Davletova, Zevaroy Bozorboyevalar esa özi bilan bir safda fizika fanidan dars berişayapti.
Azizbek öqituvçi öz ustida işlab, tinimsiz öz bilimini boyitib, buni yoş avlod kamoli yölida sarflaşi kerak, intilişdan töxtab qolmasligi kerak, deb hisoblaydi. Özi ham şunga intiladi. Şuning uçun ham maktabdan böş vaqtlarida öquv markazida repetitorlik ham qiladi. Har yili tumanimizning neça-neça öğil-qizlari undan tahsil olib, oliygohlar talabasi bölişayapti.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼloçisi Azizbek Jumanovning oilasini öqituvçilar oilasi deyiş mumkin. Uning onasidan taşqari ukasi, singlisi, tönğiç qizi ham öqituvçi, biri talaba, öğillari esa maktab öquvçilari.
Öqituvçilar sulolasini kasb bayrami – 1-oktyabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan qutlab, ezgu tilaklarimizni bildirib qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶