RAĞBAT – TAʼLIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OŞIRADI
Maktablarda sinf rahbari öquvçilarga mehribon bölişi, ularning ösib-ulğayişlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat qilişi, yordamga muhtoj öquvçilarga yakka holda yondoşa olişi lozim. Şu asosda ular qalbida milliy ğurur, vatanparvarlik, mehr-muruvvat, masʼuliyat, taşabbuskorlik, işbilarmonlik kabi xislatlarni
uyğotadi.
Maktablarda ötkazilib kelinayotgan “Eng faol öquvçi” va “Eng faol sinf” tanlovlari öquvçilar orasida soğlom raqobat, liderlik xususiyatini paydo qiladi. Buyuk ajdodlarimiz merosi va bugungi kunda bunyod etilayotgan inşootlar, maʼrifat maskanlari bilan taniştirib boriş, odob-axloq meʼyorlarini tatbiq etiş imkoniyatini yaratadi.
Şunday fazilatga ega öquvçi butun sinfni orqasidan ergaştira oladi va “Eng faol öquvçi” nomiga sazovor böladi. “Eng faol sinf” tanlovi esa sinflar orasida ijobiy maʼnoda raqobat muhitini yaratibgina qolmay, ularning har tomonlama yetuk şaxs bölib tarbiyalanişi uçun muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Hafta davomida eng köp yaxşi baho olgan, bilimlar bellaşuvi, fan olimpiadasida, oçiq darslarda, jamoatçilik işlarida, tadbirlarda faol qatnaşgan öquvçilarni va eng faol öqituvçilarni ham maktabimiz direktori S.Xöjamurodova har çorak oxirida rağbatlantirib, faxriy yorliqlar bilan taqdirlaydi.
Sinf rahbarlari eng jonkuyar, faol, farzandining taʼlim-tarbiyasiga befarq bölmagan ota-onalar uçun “Eng faol ota-ona” nominatsiyasi ğolibligini belgilab, yil yakunida maktabimiz rahbariyati tomonidan “Faxriy yorliq”lar topşirib turadi.
Bunday rağbatlar soğlom raqobatni va samaradorlikni oşiradi.
Sanobar BOBONIYoZOVA, 40-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶